×

AQSh: Bakalavriat bosqichi uchun 20 000 AQSh dollargacha grant!


Grant

MUHLAT

01.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1600 marta

AQShda joylashgan Kent State University 2020-2021-oʻquv yiliga International Freshman Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant universitetda oʻqitiladigan bakalavr bosqichlarining 1-kursida oʻqishni xohlagan bilimli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil qilingan. Grant toʻrt yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Kent bakalavriat kurslarida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 20 000 USD, barcha yashash xarajatlari bilan birga, bir yillik oʻqish taxminan 40 000 USDni tashkil etadi.  Kontrakt hajmi haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Grant yutib olgan nomzodga oʻqish muddati tugaguncha har yilga 20 000 USDgacha mablagʻ beriladi. Grantni keying yilga uzaytirish uchun talabadan a’lo bahoga oʻqish talab qilinadi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash xarajatlarini nomzodning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha (AQShdan tashqari) davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat dasturlaridan biriga ariza topshirgan va 1-kursga oʻqishga kirishi kerak.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi lozim. Grant uchun baholar kamida 4,0dan 3,6 boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ACT kamida 27 ball, SAT kamida 1260 balli sertifikat topshiradi.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  6. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi kerak. 1 yilli International Foundation kursi diploma talab qilinishi mumkin.
  7. Universitetda oʻqiyotgan talabalar grantga hujjat topshira olmaydi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Oʻqish arizalar 2020-yil 1-fevralga qadar qabul qilinadi. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Yuqoridagi talablarga toʻgʻri keladigan barcha nomzodlar grantga talabgor sifatida koʻrib chiqiladi. Grant olishni istagan talabalar oʻqishga arizani ertaroq topshirishlari kerak.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Avvalo universitet qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlash lozim.
  2. Shu yerda kerakli hujjatlar, qanday qilib ariza berish haqida maʼlumot berilgan.
  3. Shu yerda onlayn tarzda ariza toʻldirish kerak. Ariza topshirishga 70 USD badal toʻlanadi. Arizaga kerakli hijjatlar ilova qilib, joʻnatiladi.

Oʻqishga qabul uchun taxminiy hujjatlar tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Pasport nusxasi.
  3. Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasining ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi
  4. Ingliz tili sertifikati (Odatda IELTS 6.5-7.0 va/yoki undan yuqori).
  5. Bank statement. Chunki talaba yashash xarajatlari va kontraktning qolgan qismini toʻlashga qurbi yetishi kerak.
  6. Moliyaviy ahvol haqida ma’lumotnoma.
  7. Tavsiyanoma (agar soʻralsa).
  8. Rezyume (agar soʻralsa).

Oʻqishga hujjat topshirish haqida batafsil maʼlumot: shu yerda berilgan.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, yuqori akademik oʻzlashtirishi, sohaga tegishli bilimlari, salohiyati va kelajakdagi rejalariga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!