×

AQSh: Bakalavriat bosqichi uchun 60 000 AQSh dollar grant!


Grant

MUHLAT

15.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2452 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Indiana shtatida joylashgan Indiana University and Purdue University (IUPUI) 2020-2021-oʻquv yilining kuzida boshlanadigan kurslar uchun Outstanding Scholar Award dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilgacha beriladi. Grantga nomzod talabaning SAT yoki ACT imtihonlaridan baholari yuqori boʻlishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Indiana University and Purdue University (IUPUI) bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2020-21-oʻquv yili uchun taxminan 30 539 AQSh dollar. Yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlar uchun esa talaba bir yilga 46 302 AQSh dollar mablagʻ sarflaydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga 4 yilgacha muddatga kontrakt pulini qisman qoplash uchun har yilga 15 000 AQSh dollardan umumiy 60 000 AQSh dollar mablagʻ beriladi. Grant muddatini har yiliga uzaytirish ushun oʻzlashtirish koʻrsatkichi a’lo darajada boʻlishi talab qilinadi.

Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod SAT yoki ACT boʻyicha yuqori ballga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Bakalavriatga IELTS kamida 5.5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn 2020-yil 15-noyabrgacha.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 5.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma talab qilinishi
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.
  • AQSh yoki boshqa xalqaro oʻqish standartlariga mos kelmaydigan attestat/diplom topshirilganda 1 yillik Foundation kursidan oʻtish talab qilinishi mumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga ACT va SAT imtihoni baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: oiaunder@iupui.edu.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!