×

AQSh: Bakalavriat bosqichi uchun toʻliq va qisman grantlar; 50 dan ortiq universitetlarda 100 tagacha joy!


Grant

MUHLAT

01.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

5079 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining #YouAreWelcomeHere harakati 2020-yilda boshlanadigan bakalavriat kurslari uchun Fall 2020 #YouAreWelcomeHere Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant AQSh oliygohlarida oʻqish istagida boʻlgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant 50 dan ortiq universitetlarda oʻqish uchun 100 nafargacha talabaga beriladi.

Grant yutib olgan nomzodlar quyidagi universitetlarga oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar:

*Dedlayn muddatlarini universitetlardan aniqlang.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga kontrakt toʻlovi toʻliq yoki qisman qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza bera oladilar.
  2. Nomzod yuqorida berilgan 50 dan ortiq universitetdan birining bakalavriat yoʻnalishlarida oʻqishga tayyor boʻlishi kerak.
  3. Nomzod oʻrta maktabni AQShdan tashqari davlatda oʻqigan boʻlishi lozim.
  4. Nomzod yozma va ogʻzaki ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  5. Nomzod yaxhi/a’lo baholara oʻqigan boʻlishi kerak.
  6. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomiga va kursning maxsus talablariga mos kelishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar yuqorida berilgan 50 dan ortiq universitetdan birining bakalavriat yoʻnalishlarida oʻqish uchun beriladi. har bir universitet 2 tadan grant beradi. Ariza berishdan avval qaysi universitetga qabul uchun hujjat topshirishingizni aniqlash lozim. Oʻqishga ariza berish uchun hujjatlar tarkirbi va ariza topshirish dedlayn muddatlari farq qiladi. Ularni tanlangan universitet sahifasidan aniqlang.

Grantga ariza berish. Grantga ariza berish universitet tanlagandan keyin amalga oshiriladi. Bunda nomzod universitetga 500-1000 ta soʻzdan iborat esse yoki 2-5 daqiqalik video topshiradi. Esse yoki videoda nomzod madaniyatlar almashuvi, AQShda oʻqish davomida vaqtini qanday oʻtkazmoqchiligi va qaysi loyiha ustida ishlashni xohlashi haqida fikr beradi.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi quyidagicha:

  1. Ariza.
  2. Pasport yoki ID karta.
  3. Attestat/kollej/litsey diplomi va ilovalari.
  4. Ingliz tili sertifikati. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi aniq koʻrsatilmagan, ammo bu darajadagi grantlarga odatda kamida 5,5-6,0 IELTS talab qilinadi.
  5. GRE / IELTS / TOEFL / SAT I & II / GATE sertifikatlari soʻralishi mumkin.
  6. Moliyaviy holat haqida ma’lumot.
  7. Viza haqida ma’lumot.

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida taqdim etiladi. Boshqa tilda boʻlgan hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilib, notarial tasdiqlanish kerak. Talablar va hujjatlar tarkibini batafsil tanlagan universitetingizdan aniqlang.

Nomzodlarni saralash unlarning a’lo baholari, til bilish darajasi, faolligi kabi mezonlarga koʻra amalga oshiriladi.

Bogʻlanish uchun: KCIEM@nafsa.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!