×

AQSh: Bakalavriat bosqichida tahsil olish uchun 3 500 AQSh dollargacha grant


Grant

MUHLAT

15.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1741 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oregon shtatida joylashgan Lane Community College 2020-oʻquv yilining bahorida boshlanadigan kurslar uchun New International Students Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Lane Community College Oregon shtatining Yujin shahrida joylashgan ikki yillik davlat kolleji (universiteti) hisoblanadi.

Grant universitetning bakalavriat kurslariga oʻqishga kirgan 1-kurs talabalari uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi. Grantga nomzod talabaning universitetda tashkil etiladigan jamoat ishlarida ishtirok etish uchun tayyorligi va baholari yuqori boʻlishi inobatga olinadi. Grant yutib olgan talabalar haftasiga 25 soatlik jamoat ishlariga jalb etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Lane Community Collegeda kontrakt toʻlovi 2020-2021-oʻquv yili uchun taxminan 9 000 – 10 500 AQSh dollar. Yashash, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta bilan birga yiliga umumiy 19 100 – 20 600 AQSh dollar toʻlanadi.

Grant yutib olgan nomzodlarga bir yilgacha kontrakt pulini qisman qoplash uchun 500 dan 3 500 AQSh dollargacha mablagʻ beriladi.

Dastur grant yutib olgan nomzodning tibbiy sigʻurta, turar joy, ovqatlanish kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod oliygohning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi va F-1 I-20 statusiga ega boʻlishi, ya’ni, kunduzgi boʻlimda oʻqishi kerak.
  • Nomzod avval Lane CC da oʻqimagan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. IELTS 5,5-6,5 talab qilinadi.
  • Nomzod universitet tomonidan haftasiga 25 soatlik jamoat ishlariga jalb etiladi.
  • Nomzod oʻqish boshlangunga qadar 17 yoshga toʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar oliygohda oʻqitiladigan barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shu sababli avval oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish kerak. Oʻqishga hujjat topshirish semestrga qarab farq qiladi. Ayni vaqtda bahorgi semestrga hujjat qabul qilinmoqda va hozir eng yaqin dedlayn – 2020-yil 15-yanvar.

Grantga esa alohida ariza beriladi. Grantga bir yilda toʻrt marta hujjat topshirish mumkin.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerda barcha kerakli ma’lumotlar bilan tanishing.
  • How to Complete Your Lane Application boʻlimida umumiy hujjat topshirish tartibi va talablari berilgan.
  • Shu yerda ariza toʻldiring.
  • 50 USD badal toʻlang.
  • Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni yuklab, joʻnating.

Grantga ariza berish. Grantga ariza onlayn tarzda toʻldiriladi va diplom, diplom ilovasi, esse va jamoatchilik, volontyorlik faoliyatida qatnashganlik haqidagi savollarga javob yozib, dedlayngacha joʻnatiladi.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • To`ldirilgan ariza.
  • Proof of Finances, ya’ni moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi skan nusxasi.
  • Ingliz tili testi (IELTS 5,5-6,5 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.

Barcha hujjatlar PDF formatida yoki .gif .jpg .png .bmp .tif  formatida boʻlishi kerak. Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini batafsil oʻrganib chiqing.

Grant haqida batafsil ma’lumot: shu yerda.

Nomzodlar grantga a’lo baholari, ijtimoiy faolligi, jamoat ishlarida qantashishga tayyorligi, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan ikki hafta oʻtib xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!