×

AQSh: Bakalavriat bosqichlari uchun toʻliq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

01.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2771 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Ogayo shtatida joylashgan Shawnee State University navbatdagi Merit-Based Scholarships dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturlari toʻrt yilgacha moʻljallangan boʻlib,  universitetning bakalavriat dasturlarida oʻqishni istagan yoshlarga moddiy yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Shawnee State University bakalavriat dasturining kontrakt toʻlovi bir yil uchun taxminan 25 509 AQSh dollarni tashkil etadi.

Grant yutib olgan nomzodlarning oʻqish puli toʻliq yoki qisman qoplanadi.

Shawnee Scholar Award grantini yutib olgan 8 nafar talabalarning kontrakti toʻliq qoplab beriladi. Buning uchun nomzod ACT kamida 30 ball yoki SAT (combined reading/math) kamida 1320 ball, GPA esa kamida 4,0 dan 3,8 bo’lishi kerak.

Oʻqish puli qisman qoplanadigan stipendiyalar va chegrma miqdori quyidagicha:

  1. Shawnee Achievement Award: yiliga 5 750 USD, toʻrt yilga 23 000 USD.
  2. Shawnee Excellence Award: yiliga 4 750 USD, toʻrt yilga 19 000 USD.
  3. Shawnee Success Award: yiliga 3 750 USD, toʻrt yilga 15 000 USD.
  4. Blue & Gray Award: yiliga 2 750 USD, toʻrt yilga 11 000 USD.
  5. Merit Awards at a Glance: ACT yoki SAT imtihoni baholariga qarab har yilga 2 750 USD dan 5 750 USDgacha kontraktdan chegirma qilinadi.

Stipendiya dasturlari haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod ACT 30 va/yoki SAT (oʻqish+matematika) 1320 va undan ortiq ballga va oʻrta maktab attestati kamida 3,8 / 4,0 yoki ekvivalenti bahosiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Shawnee Achievement Award uchun ACT 27 va/yoki SAT (oʻqish+matematika) 1210 va undan ortiq ballga va oʻrta maktab attestati kamida 3,6/4,0 yoki ekvivalenti bahosiga ega boʻlishi zarur.
  4. Nomzod Shawnee Excellence Award uchun ACT 25 va/yoki SAT (oʻqish+matematika) 1130 va undan ortiq ballga va oʻrta maktab attestati kamida 3,6/4,0 yoki ekvivalenti bahosiga ega boʻlishi lozim.
  5. Nomzod Shawnee Success Award uchun ACT 23 va/yoki SAT (oʻqish+matematika) 1060 va undan ortiq ballga va oʻrta maktab attestati kamida 3,4/4,0 yoki ekvivalenti bahosiga ega boʻlishi kerak.
  6. Nomzod Blue & Gray Award grantiga ACT 21 va/yoki SAT (oʻqish+matematika) 980 va undan ortiq ballga va oʻrta maktab attestati kamida 3,2/4,0 yoki ekvivalenti bahosiga ega boʻlishi zarur.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxhi bilishi kerak. Grantga IELTS 6.0-6.5 sertifikati talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2021-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval universitetga qabul uchun ariza topshirish kerak.
  2. Ariza onlayn tarzda topshiriladi. Ariza topshirish uchun dastlab SHU YERDA roʻyxatdan oʻtib, akkaunt ochish kerak.
  3. Grant dasturida qatnashishga universitet qabuli uchun topshirilgan ariza va hujjatlar kifoya qiladi. Sunchaki stipendiya komissiyasiga ACT/SAT sertifikatini: shu yerga qoʻshimcha taqdim etish kerak.

Ariza toʻldirish jarayonida quyidagi maʼlumotlar soʻraladi:

  1. Elektron pochta.
  2. Familiya, ism, sharif.
  3. Tugʻilgan yil, oy, kun.
  4. Jins.
  5. Doimiy yashash manzili.
  6. Hozirgi yashash manzili.
  7. Oʻqigan taʼlim muassasalari (maktab) haqida maʼlumot.
  8. Oʻqigan taʼlim muassasalari (kollej) haqida maʼlumot.
  9. Fuqaroligi.
  10. Yoʻnalishni tanlash (berilgan roʻyxatdan tanlanadi).
  11. Agentlik haqida maʼlumot (agar agentlik bilan ishlanayotgan boʻlsa).
  12. Arizani toʻldirishda barcha qoidalarga rioya qilinganligi haqida tasdiqlash.

Kerakli hujjatlar:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Oʻrta va/yoki oʻrta maxsus ma’lunot hujjati, ya’ni kollej/litsey diplomi/attestat topshiriladi.
  3. Ingliz tili sertifikati.
  4. ACT yoki SAT sertifikatlari.
  5. Moliyaviy ahvol haqida ma’lumotnoma.

Nomzodlar akademik yutuqlari, til bilish darajasi, ACT/SAT sertifikatlari, ilmiy salohiyati va layoqatliligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Stipendiya dasturiga topshirilgan nomzodlarning arizalariga universitetda oʻqish boshlangunga qadar javob beriladi.

Universitet stipendiyalari haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Bogʻlanish uchun fin_aid@shawnee.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!