×

AQSh: Bakalavriat uchun 100 000 AQSh dollargacha grantlar!


Grant

MUHLAT

01.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2292 marta

AQShning Nyu York shtatida joylashgan Manhattanville College bakalavr kurslariga ajratiladigan International Student Scholarships Students dasturi doirasida bir nechta grantlarga arizalar qabul qilinmoqda. Universitet moddiy ta’minot dasturi tarkibida bir nechta grantlar boʻlib, ular iqtidorli va moddiy yordamga muhtoj talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda bakalavr kontrakt toʻlovi semestriga 19 060 USD, bir yilga 38 120 USD ni tashkil etadi.

Universitetga hujjat topshirgan xalqaro talabalar avtomatik ravishda grant uchun nomzodlikka qoʻyiladi. Hozirda moddiy yordam dasturi doirasida talabaga quyidagi grantlar taqdim etilishi mumkin:

  • Chairman’s Scholarship. Yiliga 25 000 USD. Kunduzgi boʻlim kurslariga oʻqishga kirgan va GPA kamida 4,0 dan 3,0 boʻlgan nomzodlarga beriladi. 4 yilga 100 000 USD berilishi mumkin.
  • Board Of Trustees’ Scholarship. 23 000 USD. Kamida 12 kreditli kurslarga oʻqishga kirgan va GPA kamida 4,0 dan 3,0 boʻlgan nomzodlarga beriladi. 4 yilga 92 000 USD berilishi mumkin.
  • President’s Scholarship. Yiliga 21 000 USD. 4 yilga 84 000 USD berilishi mumkin.
  • Provost’s Scholarship. Yiliga 17 000 USD. GPA kamida 4,0 dan 3,0 boʻlgan nomzodlarga beriladi. 4 yilga 68 000 USD berilishi mumkin.
  • Dean’s Award. 10 000 USD. 4 yilga 40 000 USD berilishi mumkin.

Ushbu grantlardan qaysi biri berilishi talabaning baholaridan kelib chiqib hal qilinadi. Agar talaba grant davom etishi uchun qoʻyilgan talablarga javob bersa, grant uning oʻqishi tugaguncha 8 semestr davomida toʻlab boriladi. Grant olishni davom etish uchun talaba 4 balli GPA tizimida kamida 3ball toʻplashi va har semestrda kamida 12 kreditli kurslarga roʻyxatdan oʻtishi kerak boʻladi.

Grant nomzodning kontrakt pulini qisman qoplaydi va uning yashash xarajatlarini toʻlamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod universitetning 12 kreditli bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod maktab/kollej/litseyni yaxshi/a’lo baholar bilan tamomlagan boʻlishi kerak. GPA kamida 4,0 dan 3,0 boʻlishi kerak.
  4. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan va universitetga oʻqishga qabul qilingan boʻlsa, grantning shartlariga javob bergan boʻladi.
  5. Grantni yutib olishni xohlovchi nomzodlar kirish talablariga javob berishlari birinchi navbatda muhim hisoblanadi.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Oʻqishga kirishda IELTSkamida 6,5, TOEFL kamida 80 ball talab etiladi.
  7. Nomzod kunduzgi tartibda oʻqishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Hozir 2020-yilda boshlanadigan kurslarga hujjat topshirish mumkin. Dedlayn – 1-dekabrgacha.

Grant uchun alohida ariza topshirilmaydi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga hujjat topshiring.
  2. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  3. Hujjat topshirishdan avval Apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  5. Tanlangan kursga ariza topshiring.
  6. Ilova qilinadigan hujjatlarni tizimga yuklang.
  7. Ariza topshirish uchun 50 USD badal toʻlash kerak.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS kamida 6,5/TOEFL 80 ball boʻlishi kerak.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi/baholar. GPA kamida 4,0dan 3,0 boʻlishi kerak.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
  • Esse/motivatsion xat.
  • Toʻlov kvitansiyasi.
  • ACT/SAT setifikati. ACT kamida 25/SAT kamida 550 bal topshiriladi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.

Barcha tafsilotlar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun: Admissions@mville.edu manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!