×

AQSh: bakalavriat uchun 17000 AQSh dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

01.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2418 marta

AQShning Konnektikut shtatida joylashgan University of Bridgeport bakalavr kurslari va ular uchun ajratilgan moddiy ta’minot dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Moddiy ta’minot dasturi tarkibidan bir nechta grant dasturlari joy olgan bo’lb, bu grantlar shu universietdagi bakalavr kurslariga qabul qilingan talabalarga beriladi. Bridgeport universitetida o’qitiladigan barcha bakalavr kurslari haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bakalavriat kurslariga qabul qilinga talabalar uchun ajratilgan moddiy ta’minot dasturi tarkibida quyidagi grantlar mavjud:

  1. Trustee Scholarship dasturi – yiliga 17000 AQSh dollari miqdorida moddiy ta’minotni o’z ichiga oladi.
  2. Presidential Scholarship dasturi – yiliga 15000 AQSh dollari miqdorida moddiy ta’minotni o’z ichiga oladi.
  3. Academic Scholarship dasturi – yiliga 11000 AQSh dollar mablag’ni o’z ichiga oladi.
  4. Undan tashqari, sportchilar uchun Athletic Scholarshhip, musiqaga qiziquvchilar uchun Music Scholarship va Dizaynga qiziquvchilar uchun Design Schoarship dasturlari ham bor, ularning miqdorlari turlicha.

Bridgeport universitetidagi bakalavr kurslari kontrakt miqdorlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Bakalavr kurslariga qabul uchun talablar quyidagicha:

  1. Nomzod litsey, kollej yoki 11 yillik maktabda yaxshi baholarga o’qigan bo’lishi va 4 ballik GPA tizimida 3 ball yoki undan yuqori o’rtacha ballarga erishgan bo’lishi zarur.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur, buning uchun u IELTS yoki TOEFL testlari natijalarini taqdim etishi kerak.
  3. Nomzod SAT yoki ACT testlarini ham muvaffaqqiyatli topshirgan bo’lishi zarur. Test natijalarini universitetga jo’natish kodlari bu yerda ko’rsatilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Universitet bakalavr kurslariga o’qishga hujjat topshirgan barcha nomzodlar moddiy ta’minot uchun ham nomzodlikka qo’yiladi, shuning uchun grantlar uchun alohida ariza topshirish shart emas. Bakalavr kurslariga bu yerdan ariza topshirish mumkin. Kurslarga hujjatlar har yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi. Onlayn ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:

  1. Bunda ariza topshirish uchun 50 AQSh dollari to’lovni ham to’lash zarur.
  2. Passpor nusxasi.
  3. Shaxsiy bayonot (personal statement) yoki insho.
  4. Kamida bitta tavsiyanoma.
  5. Baholar (tarjimasi bilan).
  6. Ingliz tili testi sertifikati.
  7. SAT/ACT testi natijalari.
  8. Moliyaviy imkoniyat haqida ma’lumot. Talaba o’qishga qabul qilinsa kontraktni to’lash imkoniyatiga ega bo’lishi shart, shuning uchun hujjat topshirishda buni isbotlovchi hujjat ham so’raladi. Hujjatlarni qanday tartibda topshirish haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

 Ma’lumot uchun international@bridgeport.edu elektron manzili,
(203) 576-4552 raqami yoki  bu yer orqali universitetga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!