×

AQSh: Bakalavriat uchun 28 000 AQSh dollargacha grant


Grant

MUHLAT

16.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

859 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Minnesota shtatida joylashgan Minnesota State University Mankato bakalavriat kurslari uchun Cultural Contribution Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar toʻrt yilgacha beriladi. Grantga nomzod talabaning baholari yuqori, a’lo boʻlishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Minnesota State University Mankato bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi, yashash, oziq-ovqat xarajatlari 2019-2020-oʻquv yili uchun taxminan 23 701 AQSh dollar.

Grant yutib olgan nomzodlarga 4 yilgacha muddatga kontrakt pulini qisman qoplash uchun har yilga 7 000 USD dan jami 28 000 USD chegirma qilinadi.

Dastur kontraktni qisman qoplaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan qismi va boshqa xarajatlarni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod F-1 yoki J-1 statusda boʻlishi kerak.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. GPA 3,0 dan kamida 2,5 ball talab qilinadi.
  5. Nomzod semestriga 12 kreditli kursda oʻqishi lozim.
  6. Nomzod SAT yoki ACT boʻyicha yuqori ballga ega boʻlishi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Bakalavriatga IELTS kamida 5,5 yoki TOEFL kamida 61 ball boʻlishi talab qilinadi.
  8. Nomzod 12 yillik ma’lumotni tasdiqlovchi attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi lozim.

Talablar haqida batafsil maʻlumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

2020-yil bahorgi semester uchun hujjat topshirish dedlayni: 16-noyabrgacha. Ammo hujjatlarni imkon qadar erta topshirish lozim.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Onlayn ariza toʻldirish shu yerda amalga oshiriladi.
  • Ariza koʻrilishi uchun 20 AQSh dollar badal toʻlash kerak. Badal toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
  • Keyin soʻralgan hujjatlarni tizimga yuklang va joʻnating.
  • Savollar tugʻilsa intlinq@mnsu.edu manziliga murojaat qiling.
  • Stipendiya yuzasidan esa ccs@mnsu.edu manzili bilan bogʻlaning.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS kamida 5,5/TOEFL kamida 61 ball yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati talab qilinishi mumkin.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • AQSh yoki boshqa xalqaro oʻqish standartlariga mos kelmaydigan attestat/diplom topshirilganda 1 yillik Foundation kursidan oʻtish talab qilinishi mumkin.
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: intlinq@mnsu.edu; ccs@mnsu.edu.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!