×

AQSh: Bakalavriat uchun 3 500 AQSh dollargacha grant


Grant

MUHLAT

15.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2470 marta

Amerika Qo`shma Shtatlarining Oregon shtatida joylashgan Lane Community College 2020-oʻquv yilining kuzida boshlanadigan kurslar uchun New International Students Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Lane Community College Oregon shtatining Yujin shahrida joylashgan ikki yillik davlat kolleji (universiteti) hisoblanadi.

Grant universitetning bakalavriat kurslariga oʻqishga kirgan 1-kurs talabalari uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi. Grantga nomzod talabaning universitetda tashkil etiladigan jamoat ishlarida ishtirok etish uchun tayyorligi va baholari yuqori bo`lishi inobatga olinadi. Grant yutib olgan talabalar haftasiga 25 soatlik jamoat ishlariga jalb etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Lane Community Collegeda kontrakt toʻlovi bir oʻquv yili uchun taxminan 9 000 AQSh dollar. Yashash, o`quv qurollari va tibbiy sug`urta bilan birga yiliga umumiy 19 100 AQSh dollar to`lanadi.

Grant yutib olgan nomzodlarga bir yilgacha kontrakt pulini qisman qoplash uchun 500 dan 3 500 AQSh dollargacha mablag` beriladi.

Dastur grant yutib olgan nomzodning tibbiy sig`urta, turar joy, ovqatlanish kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod oliygohning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi va F-1 I-20 statusiga ega bo`lishi, ya’ni, kunduzgi bo`limda o`qishi kerak.
  • Nomzod avval Lane CC da o`qimagan bo`lishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. IELTS 5,5-6,5 talab qilinadi.
  • Nomzod universitet tomonidan haftasiga 25 soatlik jamoat ishlariga jalb etiladi.
  • Nomzod o`qish boshlangunga qadar 17 yoshga to`lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar oliygohda o`qitiladigan barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shu sababli avval o`qishga kirish uchun hujjat topshirish kerak. O`qishga hujjat topshirish semestrga qarab farq qiladi, kuzgi semestrga hujjatlar 1-avgustgacha qabul qilinadi.

Grantga esa alohida ariza beriladi. Grantga bir yilda to`rt marta hujjat topshirish mumkin.

Grantga hujjat topshirish dedlaynlari:

  • kuzgi semester uchun 2020-yil 15-iyun, 1-avgust;
  • qishgi semestrga 2020-yil 30-oktabr;
  • bahorgi semestr uchun esa 2021-yil 15-yanvar.

Grant olmoqchi bo`lsangiz, ertaroq hujjat topshiring.

O`qishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerda barcha kerakli ma’lumotlar bilan tanishing.
  • How to Complete Your Lane Application bo`limida umumiy hujjat topshirish tartibi va talablari berilgan.
  • Shu yerdan ariza to`ldiring.
  • 50 USD badal to`lang.
  • Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni yuklab, jo`nating.

Grantga ariza berish. Grantga ariza onlayn tarzda to`ldiriladi va diplom, diplom ilovasi, esse va jamoatchilik, volontyorlik faoliyatida qatnashganlik haqidagi savollarga javob yozib, dedlayngacha jo`natiladi.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Ariza.
  • Proof of Finances, ya’ni moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi skan nusxasi.
  • Ingliz tili testi (IELTS 5,5-6,5 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Esse yoki motivatsion xat so`ralishi mumkin.

Barcha hujjatlar PDF formatida yoki .gif .jpg .png .bmp .tif  formatida bo`lishi kerak. Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini batafsil oʻrganib chiqing.

Grant haqida batafsil ma’lumot: SHU YERDA.

Nomzodlar grantga a’lo baholari, ijtimoiy faolligi, jamoat ishlarida qantashishga tayyorligi, yuqori o`zlashtirish ko`rsatkichi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan ikki hafta o`tib xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun:

Manzil: Building 1

Lane Community College

4000 East 30th Ave.

Eugene, OR 97405

Telefon: (541) 463-3400

Contact Financial Aid

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!