×

AQSh: Bakalavriat uchun 80 000 AQSh dollarigacha grantlar!


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4978 marta

AQShning Vermont shtatida joylashgan University of Vermont 2021-yilgi bakalavriat kurslariga ajratiladigan Scholarships for Prospective Out-of-State Resident & International Students dasturi doirasida bir nechta grantlarga arizalar qabul qilinmoqda. Universitet moddiy ta’minot dasturi tarkibida bir nechta grantlar boʻlib, ular iqtidorli va moddiy yordamga muhtoj talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Vermont universitetida bakalavr kontrakt toʻlovi semestriga taxminan 22 000 USD, bir yilga taxminan 44 000 USD ni tashkil etadi. Oʻzbekistonlik talaba universitet uchun “out-of-state resident” hisoblanadi.

Vermont Universitetiga hujjat topshirgan xalqaro talabalar avtomatik ravishda grant uchun nomzodlikka qoʻyiladi. Hozirda moddiy yordam dasturi doirasida talabaga quyidagi grantlar taqdim etilishi mumkin:

  • Presidential Scholarship. 17 000 -20 000 USD. Kamida 12 kreditli kurslarga oʻqishga kirgan va GPA kamida 4,0 dan 3,0 boʻlgan nomzodlarga beriladi. 4 yilga 80 000 USD berilishi mumkin.
  • Trustees Scholarship. 8 000 -15 000 USD. Kamida 12 kreditli kurslarga oʻqishga kirgan va GPA kamida 4,0 dan 3,0 boʻlgan nomzodlarga beriladi.

Ushbu grantlardan qaysi biri berilishi talabaning baholaridan kelib chiqib hal qilinadi. Agar talaba grant davom etishi uchun qoʻyilgan talablarga javob bersa, grant uning oʻqishi tugaguncha 8 semestr davomida toʻlab boriladi. Grant olishni davom etish uchun talaba 4 balli GPA tizimida kamida 3.0 ball toʻplashi va har semestrda kamida 12 kreditli kurslarga roʻyxatdan oʻtishi kerak boʻladi.

Grant nomzodning kontrakt pulini qisman qoplaydi va uning yashash xarajatlarini toʻlamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod maktab/kollej/litseyni yaxshi/a’lo baholar bilan tamomlagan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan va Vermont Universitetiga oʻqishga qabul qilingan boʻlsa, grantning shartlariga javob bergan boʻladi.
  5. Grantni yutib olishni xohlovchi nomzodlar Vermont universitetiga kirish talablariga javob berishlari birinchi navbatda muhim hisoblanadi.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Oʻqishga kirishda IELTSkamida 5, TOEFL kamida 90 ball talab etiladi. Agar nomzod bu ballarni toʻplay olamagn boʻlsa Universitetning podkursida qatnashib, uni muvaffaqqiyatli tamomlagach bakalavr bosqichiga oʻqishga kirishlari mumkin.
  7. Nomzod kunduzgi tartibda oʻqishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Hozir 2021-yilda boshlanadigan kurslarga hujjat topshirish mumkin. Dedlayn – 1-noyabr.

Grant uchun alohida ariza topshirilmaydi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga hujjat topshiring.
  2. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  3. Hujjat topshirishdan avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  5. Tanlangan kursga ariza topshiring.
  6. Ilova qilinadigan hujjatlarni tizimga yuklang.
  7. Ariza topshirish uchun 55 USD badal toʻlash kerak.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi/baholar.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
  • Toʻlov kvitansiyasi.
  • ACT/SAT setifikati.

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.

IELTS sertifikati topshirayotganda sertifikatni quyidagi manzilga joʻnating:

University of Vermont

Office of Admissions

194 South Prospect Street

Burlington, VT 05401.

TOEFL topshirganlar sertifikatni joʻnatishda 3920, ACT topshirganlar esa 4322 kodidan foydalanishadi. Barcha tafsilotlar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!