×

AQSh: bakalavriat uchun to’liq grant, bepul turar joy, yillik 3 000 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

9792 marta

AQSHning Boston shahrida joylashgan Simmons University oliygohi 2021-yilning kuzida o’qishni boshlaydigan bakalavr (asosan Honors Program) bosqichidagi talabalarga Kotzen Scholarship grant dasturini taklif etmoqda. Dastur favqulodda yuqori ilmiy salohiyatga ega, a’lochi, ilmiy tadqiqotlar olib borishga qiziqadigan, kirish imtihonlarida yuqori natijalar qayd etgan talabalarni moliyaviy jihatdan qo’llab – quvvatlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu mukofotga sazovor bo’lgan stipendiatga quyidagi imtiyozlar yaratib beriladi:

  • Talabaning kontrakt to’lovi to’liq qoplanadi.
  • Stipendiat turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
  • Talabaga yillik 3 000 AQSh dollari miqdoridagi yillik stipendiya ajratiladi.

Grant butun bakalavr kursi (4 yillik) davomida beriladi. Batafsil

Talablar:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  2. Nomzod Simmons University oliygohi 2020- yilning kuzida boshlanadigan (kunduzgi tartibdagi) bakalavr kursiga hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod o’rta/o’rta mahsus ta’limga ega bo’lishi kerak.
  4. Nomzodning GPA ko’rsatkichi kamida 3/4 bo’lishi zarur.
  5. Nomzod TOEFL va SAT/ACT sertifikatlariga ega bo’lishi kerak.
  6. ACT 28 ball va undan baland, New SAT 1300 va undan baland/Old SAT – CR+M 1250 va undan baland, har bir SAT bo’limidan kamida 600 ball bo’lishi talab etiladi.
  7. Nomzod ilgari hech qanday stipendiya/mukofot olmagan bo’lishi kerak.
  8. Nomzod oldin oliy matematika (advanced level math) bilan shug’ullangan bo’lishi kerak.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar bilan bu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Garantni yutib olish uchun nomzod “How would you use your additional annual award of $3,000 (for study abroad, short-term courses, summer internship tuition, and/or research support)?” savoliga qisqacha javob (250 so’zdan iborat) hamda “Some people argue that leaders are born, not made, while others defend the opposite view, namely that leaders are «made.» Write an essay in which you defend one view or the other. Use a specific example of a leader, either from history or from your own personal experience, to support your argument” mavzusidagi esseni (500 so’zdan iborat) ugadm@simmons.edu manziliga email tarzida yuborishi zarur. Hujjatlar PDF yoki Word Doc formatida bo’lishi va har bir sahifada nomzodning to’liq ismi, tug’ilgan sanasi qayd etilgan bo’lishi lozim. Dasturga ariza berish 2020-yilning 1-dekabriga qadar davom etadi.
  • Saralash bosqichi natijalari 2021-yil yanvar oyining o’rtalarida e’lon qilinadi va finalistlar bilan fevral oyida suhbat o’tkaziladi.
  • Natijalar 2021-yil 1-martgacha ma’lum qilinadi.

Eslatma: grant dasturi va oliygohga hujjat topshirish muhlatlari turlicha bo’lishi mumkin. Shu sababli ariza topshirishdan oldin o’zingiz tanlagan kurs va grant dasturiga arizalar qabul qilish muddatlari bilan tanishib chiqishingizni maslahat beramiz.

Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar (umumiy):

  1. Onlayn ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. Til sertifilatlari (IELTS yoki TOEFL).
  4. SAT/ACT testi natijalari .
  5. Maktab attestati, kollej/litsey diplomi.
  6. Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
  7. Duolingo English Test (majburiy emas). Batafsil

Barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi zarur. Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlarning original tildagi nusxasi va notarial tasdiqlangan inglizcha tarjimasi talab etiladi.

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Tel: +1- (617) 521-2000

Elektron murojaat

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!