×

AQSh: Bakalavriat va magistratura uchun 88 000 AQSh dollarigacha grantlar!


Grant

MUHLAT

01.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2096 marta

AQShning Konnektikut shtatida joylashgan Bridgeport University bakalavr kurslariga ajratiladigan stipendiyalar dasturi doirasida bir nechta grantlarga arizalar qabul qilinmoqda. Universitet moddiy ta’minot dasturi tarkibida bir nechta grantlar boʻlib, ular universitetning bakalavriat va magistratura bosqichlari 1-kurslariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda bakalavriat kurslari uchun kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi va bir yilga kamida 15 960 USD dan boshlanadi. Magistratura kurslarida ham tanlagan mutaxassislikka koʻra turlicha kontrakt toʻlanadi va umumiy toʻlov miqdori kredit soatlar hajmidan kelib chiqib aniqlanadi.  

Universitetga hujjat topshirgan xalqaro talabalar avtomatik ravishda grant uchun nomzodlikka qoʻyiladi. Hozirda moddiy yordam dasturi doirasida talabaga quyidagi grantlar taqdim etilishi mumkin:

Bakalavriat:

  • Trustees Scholarship. 22 000 USD.
  • Presidential Scholarship. 20 000 USD.
  • Honor Scholarship: 17 000 USD.
  • Challenge Grant: 12 000 USD.

Magistratura:

  • Graduate Scholarships. 3 000, 4 000 yoki 5 000 USD. Grant quydagi kurslardan birining magistraturasiga oʻqishga kirgan talabalr uhcun moʻljallangan:
  1. School of Businessda oʻqitiladigan magistratura kurslari.
  2. East Asian and Pacific Rim Studies, M.A.
  3. Global Development and Peace, M.A.
  4. Global Media and Communication Studies, M.A.
  5. School of Engineeringda oʻqitiladigan magistratura kurslari

Ushbu grantlardan qaysi biri berilishi talabaning baholaridan kelib chiqib hal qilinadi. Agar talaba grant davom etishi uchun qoʻyilgan talablarga javob bersa, grant uning oʻqishi tugaguncha 8 semestr yoki 4 semestr davomida toʻlab boriladi. Grant olishni davom etish uchun talaba 4 balli GPA tizimida kamida 3,0 ball toʻplashi va har semestrda kamida 12 kreditli kurslarga roʻyxatdan oʻtishi kerak boʻladi.

Grant nomzodning kontrakt pulini qisman qoplaydi va uning yashash xarajatlarini toʻlamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod maktab/kollej/litseyni yaxshi/a’lo baholar bilan tamomlagan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan va universitetga oʻqishga qabul qilingan boʻlsa, grantning shartlariga javob bergan boʻladi. GPA kamida 4,0 dan 3,0 boʻlishi kerak.
  5. Nomzod kunduzgi boʻlimda oʻqishi kerak.
  6. Nomzod darsdan tashqari faoliyat (masalan, volontyorlik) bilan shugʻullangan boʻlishi/shugʻullanishi lozim.
  7. Nomzodlar talabalar jamiyati tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashishi zarur boʻladi.
  8. Nomzod 1-kursga oʻqishga kirga boʻlishi kerak.
  9. Grantni yutib olishni xohlovchi nomzodlar universitetga kirish talablariga javob berishlari birinchi navbatda muhim hisoblanadi.
  10. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Oʻqishga kirishda IELTSkamida 6,5, TOEFL kamida 90 ball talab etiladi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning bakalavriat yoki magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Hozir 2020-yilda boshlanadigan kurslarga hujjat topshirish mumkin. Dedlayn – 1-dekabrgacha.

Grant uchun alohida ariza topshirilmaydi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga hujjat topshiring.
  2. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  3. Hujjat topshirishdan avval kerakli hujjatlar haqida bakalavriat uchun: shu yerda va magistratura uchun: shu yerda diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  5. Shu yerda tanlangan kursga ariza topshiring.
  6. Ilova qilinadigan hujjatlarni tizimga yuklang.
  7. 50 USD badal to`lang.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6,5 sertifikati topshiriladi.
  • Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi va diplom ilovasi/baholar. Baholar bakalavr uchun kamida GPA 4,0 dan 3,0 bal; magistratura uchun First class/Honors/2:1 boʻlishi lozim.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
  • ACT/SAT setifikati (agar zarur boʻlsa).
  • Qoʻshimcha tarzda LSAT/GRE/GMAT kabilar soʻralishi mumkin.

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!