×

AQSh: Barcha bosqichlar talabalari uchun umumiy fondi 575 000 AQSh dollarlik qisman grantlar; joy – 340ta!


Grant

MUHLAT

15.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2728 marta

AQShda joylashgan The University of Illinois at Springfield (UIS) oliygohi UIS Institutional Scholarship for International Students 2020-2021 grant dasturiga arizlar qabul qilishni boshladi. Ushbu grant dasturi UIS oliygohi tomonidan taqdim etiladigan istalgan oʻquv kurslari uchun ajratiladi. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun moʻljallangan. Dasturdan asosiy maqsad universitetda oʻqish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli oʻqiy olmasligi mumkin boʻlgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashdir.

UIS tomonidan taqdim etiladigan kurslar roʻyxati bilan shu yerda toʻliq ma’lumotga ega boʻlishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqich talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

UIS Institutional Scholarship for International Students grant dasturi UIS kurslariga qabul qilingan 340 nafarga yaqin talabalarga 575 000 USD miqdorida moliyaviy koʻmak beradi. Bunda har bir talabaga 575 000 USD ajratilmaydi, balki shu miqdordagi grant 340 talaba orasida koʻrsatkilchlariga qarab taqsimlanadi.

UIS dagi toʻlov kontraktlari haqida ma’lumot bilan shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod UIS oliygohi taqdim etgan kurslarning qabul talablariga toʻliq javob berishi lozim.
  • Nomzodning sogʻligʻida jiddiy muammolari boʻlmasligi lozim.
  • Nomzod hujjat topshirayotgan ta’lim bosqichidan oldingi bosqichni tugallagan boʻlishi talab etiladi.
  • Nomzodlar Ingliz tili bilim darachasini koʻrsatuvchi TOEFL sertifikatini taqdim etishlari lozim. TOEFL sertifikati bakalavr bosqichi talabalari uchun 500(paper based) 61 (internet based), magistratura bosqichi talabalari uchun 550(paper based) 79 (internet based), doktorantura bosqichi talabalari uchun 575(paper based) 88 (internet based boʻlishi talab etiladi. Til talablari haqida toʻliq ma’lumot bilan shu yerda tanishib chiqshingiz mumkin.

UIS oliygohining turli bosqich qabul talablari haqida ma’lumotlar bilan shu yerda  toʻliq tanishib chiqshingiz mumkin. 

Dasturga qabul jarayoni:

UIS Institutional Scholarship for International Students grant dasturiga hujjat topshirish uchun universitet sayti orqali ariza  toʻldirib joʻnatish  lozim. Grant uchun ariza bermoqchi boʻlsangiz, avvaliga unversitetga kirish hujjatlari haqida kerakli ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz kerak boʻladi. Hujjat topshirish 2019-yil 1-dekabrdan 2020-yil 15-fevralgacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga hujjat topshiring.
  2. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  3. Hujjat topshirishdan avval Apply now sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  5. Tanlangan kursga ariza topshiring.
  6. Ilova qilinadigan hujjatlarni tizimga yuklang.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS kamida 6,0/TOEFL 71 ball boʻlishi kerak.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi/baholar. GPA kamida 4,0dan 2,75 boʻlishi kerak.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
  • Esse/motivatsion xat.
  • ACT/SAT setifikati.

Grant bilan shu yerda batafsil tanishing.

Qoʻshimcha ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!