×

AQSh: barcha bosqichlar uchun 1000 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

15.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2456 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Texas shtatida joylashgan University of Houston-Victoria 2019-2020-oʻquv yili uchun navbatdagi International Student Merit Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant Xyuston universitetida tahsil olishni istagan yoki oʻqiyotgan barcha bosqich talabalari uchun bir yilga moʻljallangan boʻlib, kuchli bilim, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega salohiyatli nomzodlarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga kontrakt toʻlovi uchun 1000 AQSH dollari pul mablagʻi beriladi. Taʼlimning keyingi yillarida grant olish uchun qayta ariza topshirish kerak boʻladi.

University of Houston-Victoriada oʻqishning bir yillik kontrakt toʻlovi, yashash, tibbiyot sugʻurtasi hamda oʻquv-qurollari uchun xarajatlar taxminan 25 830 AQSH dollarini tashkil etadi. Batafsil: SHU YERDA.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. UHV talabasi yoki universitetga 2019-yildan oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  2. Grantga ariza topshirgan nomzod bakalavriat bosqichi uchun universitetning kamida 12 kredit, taʼlimning keyingi bosqichlariga kamida 9 kredit yigʻiladigan dasturlarda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi lozim.
  3. Oxirgi semestrda tahsil olayotgan talaba grantga ariza bera olmaydi.
  4. Universitetda oʻqiyotgan nomzod bakalavriat uchun 2,5 va undan ortiq, oliy taʼlimdan keyingi bosqichlarda esa kamida 3,0 ball koʻrsatkichga ega boʻlishi talab qilinadi.
  5. Chet ellik yoki non-immigrant viza egasi boʻlgan talabalar:
  • F-1 va J-1 viza sohibi tegishli tartibdagi viza statusiga ega boʻlishi kerak;
  • F-1 va J-1 viza egasi Viktoriya yoki Ketida International Student orientationdan oʻtishi lozim;
  • non-immigrant vizali talaba ijobiy akademik va immigratsion koʻrsatkichga ega boʻlishi zarur.
  1. Oʻzlashtirish koʻrsatkichi toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnoma taqdim etiladi.

Nomzodlarni saralash quyidagi mezonlarga koʻra amalga oshiriladi:

  • akademik yutuqlari;
  • volontyorlik ishlarida qatnashganligi;
  • liderlik qobiliyati.

Dasturga qabul jarayoni:

Stipendiya dasturiga murojaat qilishdan oldin universitetga qabul uchun hujjat topshirish lozim. Universitetga hujjat topshirish jarayoni va tarkibi quyidagicha:

  1. Ariza onlayn tarzda: SHU YERDA topshiriladi. Yoʻriqnoma: SHU YERDA.
  2. GPA 4,0 dan kamida 2,0.
  3. IELTS/TOEFL/TOEIC.
  4. GRE/GMAT/ACT.
  5. F-1 Student Agreement Form. Yuklab olish: SHU YERDA. Toʻldirilib, international@uhv.edu manziliga joʻnatiladi.
  6. Moliyaviy taʼminlanganlik haqida maʼlumotnoma. Shakl: SHU YERDA.
  7. Pasport nusxasi.
  8. 22 yoshgacha boʻlgan talabalar Bakterial meningit kasalligiga qarshi emlash muolajasidan oʻtgan boʻlishi shart.
  9. Rasmiy tasdiqlangan diplom nusxasi va baholar varagʻi.

*Toʻliq hujjatlar tarkibi: SHU YERDA.

*Berilgan hujjatlar tarkibi bakalavriat misolida olingan va taʼlimning boshqa bosqichlari uchun farq qiladi. Barcha yoʻnalishlar uchun kerakli hujjatlar haqida maʼlumot: SHU YERDA.

Dedlayn:

  • yozgi semestr: 2019-yil 1-mart.
  • kuzgi semestr: 2019-yil 15-iyun;
  • bahorgi semestr (2020-yil): 2019-yil 15-noyabr;

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!