×

AQSh: Barcha bosqichlar uchun 6 000 AQSh dollar grant!


Grant

MUHLAT

11.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2549 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Manchester shtatida joylashgan Southern New Hampshire University 2020-2021-oʻquv yilida International Student Merit Scholarship dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant 2020-yildan birinchi kursga oʻqishga qabul qilingan talabalarga bir yilga beriladi. Grant universitet bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida oʻqishni xohlagan talabalarni ragʻbatlantirish uchun ajratiladi. Gratnga nomzod aʼlochi, ilmiy salohiyalti, tadqiqotchilikka qiziquvchi va intiluvchan boʻlishi talab qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba Southern New Hampshire Universityda oʻqishning bir yillik kontrakt, turar joy xarajatlari, oʻquv-qurol va boshqalar uchun taxminan 46 500 USD toʻlaydi. Batafsil: shu yerda.

Grant yutib olgan nomzodga kontrakt toʻlovi uchun 6 000 USD (bakalavriat), 4 000 USD (magistratura va doktorantura) moliyaviy yordam beriladi.

Grant oʻqish pulini qisman qoplaydi. Nomzodning turar joy, ovqatlanish, sugʻurt va boshqa qoʻshimcha xarajatlarini talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar vakillari bu grantga ariza bera oladi.
  2. Nomzod SNHU ga 2020-yildan 1-kursga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Grantga ariza topshirgan nomzod:
  • GPA bakalavriat uchun oʻrtacha 3,0 ball (yaʼni, baholari umumiy 75% ijobiy boʻlishi kerak);
  1. Magistratura va doktorantura uchun GPA 3,0 ball boʻlishi kerak (oʻzlashtirish baholari umumiy 75% ga ijobiy boʻlishi kerak).
  2. Nomzod tegishli darajadagi bakalavr yoki magistr diplomi boʻlishi lozim.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini qanday darajada yaxgi bilish kerakligi tanlangan yoʻnalish boʻyicha farq qiladi. Shuning uchun ingliz tili talablarini kursning sahifasidan aniqlash kerak. Odatda kamida IELTS 6.5 boʻlishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning bakalavr, magistratura va doktorantura kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Grantga ariza esa oʻqishga kirish uchun toʻldiriladigan arizaning ichida koʻrsatib oʻtiladi.

Hujjat topshirish uchun dedlayn sanalari:

Bakalavriat:

  • kuzgi semestr: 2020-yil 1-iyun;
  • bahorgi semestr: 2020-yil 12-oktabr.

Magistratura va doktorantura:

  • yozgi semestr: 2020-yil 11-fevral;
  • kuzgi semestr: 2020-yil 1-iyun;
  • bahorgi semestr: 2020-yil 12-oktabr.

Kerakli hujjatlar (umumiy) va ularni topshirish:

  1. Ariza onlayn tarzda
  2. Ariza uchun 40 AQSH dollari toʻlov toʻlash kerak.
  3. Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  4. GPA 4,0 dan kamida 2,0 (bu oʻzlashtirish koʻrsatkichi, yaʼni baholar. Odatda GPA 4,0 ballik tizimda baholanadi. Demak, baholarni shu boʻyicha hisoblash kerak. Masalan, GPA 3,0 boʻlsa, diplom ilovasidagi baho 100 dan 75 boʻlishi lozim).
  5. Ingliz tili sertifikati. Odatda IELTS kamida 6,0 boʻlishi talab qilinadi.

Barcha hujjatlarni toʻldirib, dedlayn muddatigacha quyidagi manzilga joʻnatish kerak:

International Admission SNHU

2500 North River Road, Manchester, NH 03106, USA

  1. Moliyaviy taʼminlanganlik haqida maʼlumotnoma. Kontrakt toʻlash uchun talab moliyaviy taʼminlangan boʻlishi kerak. Shu sababli oʻqishga kirishda bank hisob raqamida yetarli mablagʻ bor-yoʻqligi tekshiriladi.
  2. Pasport nusxasi (rangli fotonusxa yoki skaner nusxa topshiriladi).

Moliyaviy holat, pasport nusxasi hujjatlari intugdocs@snhu.edu elektron manziliga joʻnatish kerak.

Grantga ariza topshirish. Ariza oʻqishga qabul uchun toʻldiriladigan onlayn-arizaning chap tarafida joylashtirilgan. Yaʼni, oʻqishga kirishga ariza toʻldirayotganda “Stipendiyalar” boʻlimida grant olishga ehtiyoj orligini koʻrsatishingiz kerak.

Grantning barcha shartlari haqida batafsil maʼlumot: shu yerda.

Tanlagan yoʻnalish va kursga qarab hujjatlar tarkibi farq qilishi mumkin. Shuningdek, yana boshqa qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Shuning uchun hujjat topshirish jarayonida tanlagan kursingi sahifasida koʻrsatilgan kontaktlardan hujjatlar tarkibini yana bir marta aniqlab oling. Kerakli hujjatlar tarkibi haqida umumiy maʼlumot: shu yerda.

Nomzodlarni saralash quyidagi mezonlarga koʻra amalga oshiriladi:

  • akademik yutuqlari;
  • oʻzlashtirish koʻrsatkichi;
  • shaxsiy va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishganligini tasdiqlovchi mukofotlar va hujjatlar;
  • tadqiqotchilik salohiyati.

Grant natijalari oʻqish boshlanguncha eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: international@snhu.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!