Amerika Qoʻshma Shtatlarining Manchester shahrida joylashgan Southern New Hampshire University 2019-2020-oʻquv yilida universitet bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida oʻqishni xohlagan talabalari uchun International Student Merit Scholarship dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant 2019-yildan birinchi kursga oʻqishga qabul qilingan talabalarga bir yilga berilishi rejalashtirilgan boʻlib, nomzodlarni saralash talabaning akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati, tadqiqotchilik koʻnikmalari va intiluvchanligiga koʻra amalga oshiriladi.
Grant kimlar uchun?
Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga kontrakt toʻlovi uchun 6000 AQSH dollari (bakalavriat), 4000 AQSH dollari (magistratura va doktorantura) moliyaviy yordam beriladi.
Kontrakt miqdori bilan batafsil SHU YERDA tanishing.
Talablar:
Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Barcha davlatlar vakillari ariza bera oladilar.
- SNHU ga 2019-yildan 1-kursga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- GPA bakalavriat uchun oʻrtacha 3,0 ball.
- Tegishli darajadagi diplom egasi boʻlishi lozim.
- Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Oʻzlashtirish koʻrsatkichi baland boʻlishi talab etiladi.
Nomzodlarni saralash quyidagi mezonlarga koʻra amalga oshiriladi:
- akademik yutuqlari;
- oʻzlashtirish koʻrsatkichi;
- shaxsiy va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishganligini tasdiqlovchi mukofotlar va hujjatlar;
- tadqiqotchilik salohiyati.
Dasturga qabul jarayoni:
Stipendiya dasturiga murojaat qilishdan oldin universitetga qabul uchun hujjat topshirish lozim. Universitetga hujjat topshirish jarayoni va tarkibi quyidagicha:
- Onlayn-ariza: SHU YERDA.
- Ariza uchun 40 AQSH dollari toʻlov.
- Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi.
- GPA 4,0 dan kamida 2,0.
- IELTS kamida 6,0.
Barcha yuqoridagi akademik hujjatlar quyidagi manzilga joʻnatilishi kerak:
International Admission SNHU
2500 North River Road, Manchester, NH 03106, USA
- Moliyaviy taʼminlanganlik haqida maʼlumotnoma.
- Pasport nusxasi (rangli).
Moliyaviy holat, pasport nusxasi hujjatlari intugdocs@snhu.edu elektron manziliga joʻnatiladi.
*Kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.
Dedlayn:
Bakalavriat:
- kuzgi semestr: 2019-yil 3-iyun;
- bahorgi semestr: 2019-yil 14-oktyabr.
Magistratura va doktorantura:
- yozgi semestr: 2019-yil 13-fevral;
- kuzgi semestr: 2019-yil 3-iyun;
- bahorgi semestr: 2019-yil 14-oktyabr.
Grantga ariza topshirish oʻqishga qabul uchun toʻldiriladigan onlayn-arizaning chap tarafidagi “Stipendiyalar” boʻlimi orqali amalga oshiriladi.
*Grantning barcha shartlari haqida batafsil maʼlumot: SHU YERDA.
Natijalarning eʼlon qilinishi
Grant natijalari oʻqish boshlanguncha eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: international@snhu.edu