×

AQSh: Barcha bosqichlar uchun qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

15.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1525 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Texas shtatida joylashgan University of Houston-Victoria 2020-2021-oʻquv yili uchun navbatdagi International Student Merit Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant Xyuston universitetida tahsil olishni istagan yoki oʻqiyotgan barcha bosqich talabalari uchun bir yilga moʻljallangan boʻlib, kuchli bilim, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega salohiyatli nomzodlarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Houston-Victoriada oʻqishning bir yillik kontrakt toʻlovi 17 866 USDni, yashash, tibbiyot sugʻurtasi hamda oʻquv-qurollari uchun xarajatlar taxminan 26 248 USDni tashkil etadi. Bu haqida shu yerda tanishing.

Grant yutib olgan nomzodga kontrakt toʻlovi uchun 1 000 USD pul mablagʻi beriladi. Bu pul har semesrda 500 USDdan bir yilda ikki mart aboʻlib toʻlab beriladi. Taʼlimning keyingi yillarida grant olish uchun qayta ariza topshirish kerak boʻladi.

Grant kontrakt puli, yashash va boshqa qoʻshimcha xarajatlarni toʻlamaydi, ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod UHVda ayni vaqtda tahsil olayotga talaba boʻlishi yoki universitetga 2020-yildan oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Grantga ariza topshirgan nomzod bakalavriat bosqichi uchun universitetning kamida 12 kredit, taʼlimning keyingi bosqichlariga kamida 9 kredit yigʻiladigan dasturlarda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi lozim.
  4. Oxirgi semestrda tahsil olayotgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  5. Universitetda oʻqiyotgan nomzod bakalavriat uchun 4,0 ballik GPA tizimida kamida 2,5, oliy taʼlimdan keyingi bosqichlarda esa GPA kamida 3,0 ball koʻrsatkichga ega boʻlishi talab qilinadi.
  6. Chet ellik yoki non-immigrant viza egasi boʻlgan talabalar:
  • F-1 va J-1 viza sohibi tegishli tartibdagi viza statusiga ega boʻlishi kerak;
  • F-1 va J-1 viza egasi Viktoriya yoki Ketida International Student orientationdan oʻtishi lozim;
  • non-immigrant vizali talaba ijobiy akademik va immigratsion koʻrsatkichga ega boʻlishi zarur.
  1. Nomzod oʻzlashtirish koʻrsatkichi toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnoma taqdim etishi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  3. Nomzod tanlangan bosqich va kursning maxsus talablariga mos boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun oldin universitetga qabul uchun hujjat topshirish lozim. Dedlayn muddatlari va hujjatlar tarkibi tanlangan kurs va bosqichga qarab farq qiladi. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlaysiz. Ayni vatda eng yaqin dedlayn – 2020-yil 15-iyun.

Universitetga hujjat topshirish jarayoni va tarkibi quyidagicha:

  1. Hujjat topshirishdan avval shu yerdagi yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.
  2. Keyin ariza toʻldiring. Ariza onlayn tarzda: shu yerda topshiriladi.
  3. Attestat/kollej/litsey/bakalavr dilomi va baholar topshiriladi. Grant uchun GPA 4,0 dan kamida 2,5 boʻlishi kerak.
  4. Ingliz tili sertfifkati. IELTS kamida 6,5 yoki shunga teng TOEFL/TOEIC sertifikati topshiriladi.
  5. GRE/GMAT/ACT/SAT sertifikati talab qilinishi mumkin.
  6. F-1 Student Agreement Form topshiriladi. Shaklni: shu yerdan yuklab olasiz va toʻldirib, international@uhv.edu manziliga joʻnatiladi.
  7. Moliyaviy taʼminlanganlik haqida maʼlumotnoma. Shaklni: shu yerdan yuklab oling.
  8. Pasport nusxasi.
  9. 22 yoshgacha boʻlgan talabalar Bakterial meningit kasalligiga qarshi emlash muolajasidan oʻtgan boʻlishi shart.
  10. Rasmiy tasdiqlangan diplom nusxasi va baholar varagʻi.

Toʻliq hujjatlar tarkibi bilan: shu yerda tanishing.

Berilgan hujjatlar tarkibi bakalavriat yoʻnalishlariga tegishli, shuning uchun taʼlimning boshqa bosqichlari uchun hujjatlar farq qiladi. Barcha yoʻnalishlar uchun kerakli hujjatlar haqida maʼlumot: shu yerda berilgan.

Grantga ariza topshirish.

  1. Grantga ikkita ariza toʻldirish kerak. Ariza toʻldirish onlayn tarzda amalga oshiriladi.
  2. 1-arizani toʻldirish: shu yerda amalga oshiriladi.
  3. 2- arizani toʻldirish esa: shu yerda.

Har ikkala ariza toʻldirilgandagina, nomzodning hujjatlari koʻrib chiqiladi. Arizani toʻldirish jarayonida soʻralgan hujjatlar ilova qilinadi.

Grantga tegishli barcha shartlar bilan: shu yerda tanishing.

Nomzodlarni saralash akademik yutuqlari, volontyorlik ishlarida qatnashganligi, liderlik qobiliyati kabi mezonlarga koʻra amalga oshiriladi:

Grant natijalari oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!