×

AQSh: Barcha sohalar boʻyicha bakalavriat bosqichlarida oʻqish uchun qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

01.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2776 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Ogayo shtatida joylashgan University of Cincinnati(UC) bakalavriat kurslari uchun 2021-yilgi International Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilgacha beriladi. Grantga nomzod talabaning SAT yoki ACT imtihonlaridan baholari yuqori boʻlishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi yiliga taxminan 26 994 – 47 944 AQSh dollariga teng.

Grant yutib olgan nomzodlarga 4 yilgacha muddatga o’qish to’loviga yiliga 8 000 AQSh dollari chegirma qilinadi. Bu haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Grant yutib olgan nomzod oʻqishni tugatgunicha:

  1. GPA 4,0 dan oʻrtacha 3,2 ballni saqlab turishi lozim.
  2. Shuningdek, haftasiga 15 soat jamoat ishlarida ishlab berishi kerak.
  3. Volontyorlik xizmatlarida qatnashishi zarur.
  4. Doimiy tahsil oluvchi sifatida roʻyxatda turishi va fanlarni yaxshi oʻzlashtirishi talab etiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. GPA 4,0 dan kamida 3,25 ball talab qilinadi.
  4. Nomzodning kamida SAT Critical Reading + Math: 1130 ball yoki kamida ACT Composite: 27 ball sertifikati boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. TOEFL kamida 79 ball, IELTS kamida 6,5 ball sertfifkati topshiradi.
  6. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi lozim.

Talablar haqida batafsil maʻlumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Bakalavr kursi va grant uchun arizalar 2020-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Onlayn ariza toʻldirish shu yer orqali amalga oshiriladi.
  • Ingliz tili talablari bilan ham tanishing.
  • Ariza koʻrilishi uchun badal toʻlash kerak.
  • Keyin soʻralgan hujjatlarni tizimga yuklang.
  • Undan soʻng diplom ilovasini yuklang.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • AQSh yoki boshqa xalqaro oʻqish standartlariga mos kelmaydigan attestat/diplom topshirilganda 1 yillik Foundation kursidan oʻtish talab qilinishi mumkin.
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga ACT va SAT imtihoni baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: shu yerda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!