×

AQSh: Barcha xarajatlar qoplanadigan 10 oylik rezidensiya dasturi!


Grant

MUHLAT

10.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3419 marta

AQSHda joylashgan McCain Institute’ning eng mashhur dasturlaridan biri – the Next Generation Leaders 9-10 oylik innovatsion dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur oʻz karyerasida ancha odimlab ulgurgan, yaxshi tajribaga ega va kelajakda sohani yanada chuqur egallashga bel bogʻlagan mutaxasislar uchun moʻljallangan boʻlib, undan maqsad qatnashchilarni oʻz salohiyatlarini davlat rivojiga yoʻnaltirish, yetakchilik sirlarini oʻrganish va malaka oshirishlariga imkon yaratish. Bu kurs davomida qatnashchilar AQShda bir yil muddat davom etadigan mashgʻulotlarda ishtirok etadilar. Kursning birinchi qismida nazariy bilimlar Vashington shahrida berilgach, qatnashchilar AQSh boʻylab ularga institut tomonidan moʻljanib oldindan biriktirilgan amaliyot joylariga joʻnab ketishadi. Bunday joylar, masalan, jurnalist uchun biror tahririyat, siyosatchi uchun xalq tashkiloti yoki davlat organlari mutaxassisi mayor offisiga biriktirilishi mumkin.

Kurs boshlanganda qatnashchilar oʻz jamiyat va davlatlari uchun tuzgan Yetakchilik Harakat Rejasi (Leadership Action Plan) ustida ishlashlari va kursdan keyin uni amaliyotga tatbiq qilishlari hamda amaliyotga qoʻllash vaqtida bu haqdagi ma’lumotlarni McCain Institutega bildirib turishlari kerak boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Tajribali mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Next Generation Leaders 9-10 oylik kursi qatnashchilariga toʻliq grant beriladi. Grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  1. 9-10 oy davomida oziq-ovqat, turar-joy va yashashga ketadigan asosiy xarajatlarni qoplashga yetarli stipendiya beriladi. Stipendiyaning hajmi nomzodga biriktirilgan amaliyot hududidagi narxlardan kelib chiqadi.
  2. Nomzodning tibbiy sugʻurtaga ketadigan sarflari qoplanadi.
  3. Undan tashqari, nozmodning shahar ichidagi transport xarajatlari ham qoplab beriladi.

Qatnashchi AQShga kurs muddati uchun oilasini olib kelmoqchi boʻlsa, uning oila a’zolarining aviachipta uchun sarflanadigan xarajatlari qoplanadi, lekin qoʻshimcha stipendiya berilmaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar vakillari bu grantga ariza bera oladi.
  • Nomzod oʻz sohasida taxminan 10 yil ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  • Nomzod yuksak akademik va kasbiy yutuqlarga erishgan boʻlishi kerak. Ilgari grant yutib olgan shaxslar haqida ma’lumot tashkilotchilar vebsaytida keltirilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant va rezidensiya dasturiga arizalar 2020-yil noyabrdan boshlab 2021-yil fevral oyi oʻrtalariga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi. Aniq sana berilmaganligi uchun, dedlayn muhlati shartli ravishda 2021-yil 10-fevral, deb olindi. Hozir qabul yopiq va u noyabrda ochiladi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1.  Arizani shaxsan oʻzingiz uchun berishingiz yoki kimnidir tavsiya qilishingiz mumkin.
  2. Nomzod tavsiya qilishda “nominate” tugmasidan foydalaniladi.

Ma’lumot uchun: nextgenerationleaders@mccaininstitute.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!