×

AQSh: barcha xarajatlari qoplanadigan stajirovka dasturi


Grant

MUHLAT

05.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

5452 marta

AQShda joylashgan Yale Universitetida bo’lib o’tadigan Maurice R. Greenberg  World Fellows Program stajirovka dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur o’z karyerasining qizg’in pallasidagi turli soha vakillari uchun mo’ljallangna bo’lib, har yili avgust-dekabr oylarida hamkorlik stajirovka dasturi uchun saralab olingan bir necha guruh mutaxassislarga Yale universitetida o’z ustida ishlash va tadqiqot olib borish imkoniyati yaratiladi.

Maurice R. Greenberg World Fellows dasturi 4 oylik hamkorlik stajirovka dasturi bo’lib, bu dastur ishtirokchilari shu vaqt mobaynida AQShning mashhur Yale universitetida izlanishlar olib borishadi. Bunda ularga o’z dunyoqarashlarini kengaytirish hamda fikrlarini olimlar va mutaxassislar bilan bo’lishish imkoniyati yaratib beriladi. Dastur qatnashchilari uchun quyidagi mashg’ulotlar tashkillashtirilgan:

  1. Haftalik seminarlar. Bunda qatnashchilar bir-birlari bilan tanishishlari, turli mavzularga fikr almashishlari va muhim mavzularda taniqli olimlarning fikrlarini eshitishlari va shu kabi ko’plab mashg’ulotlar bilan shug’ullanishlari mumkin. Seminarlarda muhit ijobiy va yoqimli bo’ladi.
  2. Shaxsiy rivojlanish. Dastur davomida qatnashchilar o’z ustlarida ishlashlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi, ular mustaqil tadqiqot olib borishlari yoki unverisetda o’qitiladigan 2000dan ziyod qisqa kurslarda qatnashishlari mumkin.
  3. Qatnashchilar dastur davomida Yale Universiteti fakultetlari bo’ylab turli tadbirlarda qatnashishlari mumkin.
  4. Qatnashchilarga dastur vaqtida Yale universiteti bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar biriktirilib qo’yiladi va talabalar qatnashchilarga dastur davomida turli mashg’ulotlarda ko’maklashishadi.

Grant kimlar uchun?

Turli soha mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga grant asosida qabul qilingan ishtirokchialrga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Qatnashchiga yashash xarajatlariga sarflash uchun stipendiya beriladi.
  2. Qatnashchi bir yoki ikki xonali o’rtacha jihozlangan turar-joy bilan ta’minlanadi.
  3. Nomzod tibbiy sug’urta qilinadi.
  4. Nozmodga safar uchun borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
  5. Undan tashqari, dastur davomida qatnashchilar Nyu York va Vashington (DC) shaharlariga ham sayohat qilishadi.

Talablar:

Maurice R. Greenberg  World Fellows Program dasturiga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod 5 yildan kam bo’lmagan va 20 yildan ko’p bo’lmagan ish tajribasiga ega bo’lishi va ish faoliyati davomida yutuqlarga erishganligi, kelajakda ham shunday davom eta olishini ko’rsatib bera olishi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  3. Nomzod AQSh fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  4. Nomzod o’z sohasida milliy, hududiy va xalqaro miqiyosda yutuqlarga erishgan bo’lishi, o’z sohasiga sodiq, jonkuyar bo’lishi hamda muhim masalalarga befarq bo’lmagan, turli muammolarga yechim topishga tayyor shaxs bo’lishi zarur.
  5. Nomzodda kelajakda yaxshi yetakchi bo’lib yetishishga potensial bo’lishi kerak.
  6. Nozmod Yale universitetidagi dasturdan manfaatdor bo’lish bilan birga jamiyatga manfaat keltira oladigan shaxs bo’lishi zarur.
  7. Nomzod yetakchilik, bunyodkorlik, ijodiy va yaratuvchilik ruhida fikrlay oladigan shaxs bo’lishi muhim hisoblanadi.
  8. Nomzod dasturga qabul qilingan taqdirda 4 oy mobaynida AQShda, ya’ni Yale universiteti binosida yashash imkoniga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish to’liq onlayn shaklda bo’ladi, hujjat topshirish uchun onlayn ariza berish kerak. Buning uchun oldin tizimda shaxsiy akkauntingizni ro’yxatdan o’tkazib, unga kirgach ariza to’ldirishni boshlashingiz mumkin.

Onlayn ariza berishda quyidagi hujjatlarni ham ilova qilish zarur:

  1. CV.
  2. Insholar (savollar ariza formasida ko’rsatilgan).
  3. Uchta tavsiyanoma.
  4. Qisqa video (ixtiyoriy).

Undan tashqari, dasturda qatnashishi mumkin bo’lgan shaxsni dasturga nomzodlikka ko’rsatish ham mumkin.

Ma’lumot uchun applicant.worldfellows@yale.edu elektron manziliga murojaat qiling yoki savol-javoblarni ko’rib chiqing. Yale Universitetidagi shu kabi yangiliklardan boxabar bo’lib turish uchun universitetning yangiliklar xabar tizimiga obuna bo’lishigiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!