×

AQSh: barcha xarajatlari qoplanuvchi 15 kunlik amaliyot dasturi; joy – 18 ta!


Grant

MUHLAT

25.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3599 marta

1996-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari Savdo Vazirligining Xalqaro Savdo Maʼmuriyati tomonidan tashkil etilgan Ish boʻyicha amaliyotlar Maxsus Amerika Dasturi – Special American Business Internship Training Program (SABIT) Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va Oʻzbekiston fuqarolarini Amerika Qoʻshma Shtatlarining Vashington shtati, Kolumbiya okrugida 2019-yilning 27-apreldan 11-maygacha boʻlib oʻtadigan 15 kunlik amaliyot dasturida qatnashishga taklif etadi.

Amaliyot dasturining barcha xarajatlari tashkilot tomonidan qoplanadi. Dastur yuqorida koʻrsatilgan davlatlarning chiqindilarni qayta ishlash sohasida faoliyat olib boruvchi 18 nafar mutaxassis va texnik xodimlar uchun moʻljallangan boʻlib, oʻz ichiga sayohat, konferensiya va seminarlarda ishtirok etishni ham qamrab oladi. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini bilish shart emas.

Grant kimlar uchun?

Chiqindilarni qayta ishlash sohasi vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarning:

  • oʻquv mashgʻulotlar dasturlari;
  • ish soatlarida tarjimonlar xizmati toʻlovi;
  • AQSHga belgilangan joyga borish va qaytish uchun aviachipta;
  • turar joy;
  • shoshilinch tibbiy yordam uchun sugʻurta;
  • kunlik ehtiyojlar uchun xarajatlari toʻlab beriladi. Batafsil: SHU YERDA.

*Dastur ishtirokchining oila aʼzolari uchun toʻlov, viza xarajatlari va belgilangan joygacha yetib borish/qaytish uchun transport sarflarini qoplamaydi.

Talablar:

Sammitda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Chiqindilarni qayta ishlash sohasida ishlayotgan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.
  2. Ozarbayjon, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va Oʻzbekiston fuqarolari ariza bera oladilar.

Nomzodlar chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya sohasidagi muammolaridan xabardorligi, ijtimoiy faolligi, kasbiy tajribasiga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 25-fevralgacha qabul qilinadi. Ariza shaklini tashkilotning mintaqaviy filiallaridan olish mumkin:

Olma-ota boʻlimi

(Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston vakillari uchun)

SABIT DasturiTelefon: +7 (727) 250 76 12Mobil telefon: +7 (771) 789 5985Koordinator: Alem Abubakirova

Elektron pochta: alem.abubakirova@trade.gov

Hujjatlar tarkibi:

  1. Anketa-soʻrovnoma (abubakirova@trade.gov elektron pochtasiga murojaat qilish orqali olish mumkin). Anketani toʻldirib, imzo chekish va soʻralgan boshqa hujjatlarni ilova qilish kerak.
  2. Tavsiyanoma.

*Barcha hujjatlar rus va ingliz tillarida toʻldiriladi, bitta PDF formatidagi faylga joylashtirilib, yuqorida koʻrsatilgan mintaqaviy filialning koordinatoriga elektron pochta: alem.abubakirova@trade.gov orqali joʻnatiladi. Toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.

Anketalar Dastur boʻyicha Vashington idorasida koʻrib chiqiladi. Yarim finalga chiqqan ishtirokchilar bilan telefon orqali suhbat oʻtkaziladi. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar pochtasiga xabar joʻnatiladi. 

Bog’lanish: (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston vakillari uchun)

Telefon: +7 (727) 250 76 12
Mobil telefon: +7 (771) 789 5985
Koordinator: Alem Abubakirova
Elektron pochta: alem.abubakirova@trade.gov

Amerika Qoʻshma Shtatlari:

Pochta manzili:
U.S. Department of CommerceSABIT Program1401 Constitution Avenue, NWHCHB 12025Washington, DC 20230

Mas’ul shaxslar: Tracy M. Rollins, DirectorLiza Sobol, Deputy DirectorTanner Johnson, International Trade Specialist
Justyna Swica, International Trade Specialist

Telefon: (202) 482-0073
Elektron pochta: SABIT@trade.gov

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!