Amerika Qoʻshma Shtatlarining Craig Newmark Graduate School of Journalism tashkiloti talabalar va jurnalistlarni The McGraw Fellowship for Business Journalism Winter Fellowships dasturida qatnashishga taklif etadi. Tashkilot Nyu Yorkda joylashgan Craig Newmark Graduate School of Journalism oliygohi tomonidan 2014-yilda tashkil etilgan. Tashkilotning asosiy maqsadi yosh jurnalist va talabalarni biznes jurnalistikasi boʻyicha bilimlarini oshirishdir. Dastur doirasida jahon iqtisodiyoti, moliya va biznes sohasidagi masalalar global darajada yoritiladi. Grant yutib olgan nomzodlar esa ajratiladigan mablagʻdan maqolalarni chuqur yoritishda, reportaj uchun yoʻl xarajatlarini qoplashda foydalanadilar. Grantda kamida 5 yil ish tajribasiga ega boʻlgan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
Grant kimlar uchun?
Jurnalistlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tashkilotchilar grant yutib olgan nomzodga 15 000 AQSh dollargacha pul ajratadilar. Nomzod yutib olgan puldan loyiha sifatida taqdim etgan gʻoyani amalga oshirish uchun yoʻl xarajatlari, yashash sarflari va hokazolarga ishlatishi mumkin.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Nomzod iqtisodiyot, moliya va biznes sohasiga tegishli loyiha taqdim etishi kerak.
- Nomzod tanlagan mavzusi boʻyicha chuqur bilim va tajribaga ega boʻlishi zarur.
- Nomzod kamida 5 yil ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
- Frilanser-jurnalistlar, ayni vaqtda notijorat jurnalistika va yangiliklar tashkilotlarida ishlayotgan nomzodlar ariza bera olmaydi.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga ariza onlayn tarzda topshiriladi. Hujjatlar bir yilda ikki marta qabul qilinadi. Ayni vaqtda qishki fellowships uchun hujjat topshirish mumkin. Dedlayn – 2020-yil 31-yanvar.
Hujjatlar tarkibi:
- Arizaga 3 betgacha hajmdagi oʻzlari oʻylab topgan taklif (loyiha)ni qoʻshib joʻnatishlari kerak. Material loyihasida nima uchun tanlangan mavzuning dolzarbligi, qanday muammoni yechishga yordam berishi kabilar yozilishi kerak. Shuningdek, loyihaning muhimligini yetarlicha tasdiqlovchi dalillar, masalan, surat, hisobot va boshqalarni qoʻshib joʻnatish lozim.
- Ariza bilan birga nomzod tomonidan e’lon qilingan 3 ta jurnalistik maqola ham topshiriladi.
- Resume.
- 2 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalardan biri muharrir, ikkinchisi esa birga ishlagan hamkasb, rahbar kabilar tomonidan yozilgan boʻlishi kerak. Tavsiyanomalar: shu yerga joylanadi.
Nomzodlar taqdim etgan loyihasi, ish tajribasi, loyihaning originalligi va ahamiyati kabi mezonlar asosida saralanadilar.
Natijalar dedlayndan keyin qisqa vaqt ichida elektron pochta orqali maʼlum qilinadi.
Ma’lumot uchun: savol javoblar sahifasidagi ma’lumotlarni o`qib chiqing yoki mcgrawcenter@journalism.cuny.edu manziliga murojaat qiling.