×

AQSh: Biznes va tadbirkorlik boʻyicha bir oylik dastur; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

30.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3280 marta

American Councils for International Education 2020-yil kuzgi Uzbekistan Business Leaders (UBL) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Bu dastur biznes va tadbirkorlik sohalari mutaxassislari uchun moʻljallangan. Dastur 2020-yil 1-sentabrdan 2-oktabrgacha 4 hafta davomida AQShda boʻlib oʻtadi. Dastur mutaxassislarning AQSh tajribalari asosida liderlik hamda professional malakalarini boyitish hamda ijtimoiy innovatsiyalar boʻyicha tajribalarini oshirish, tajriba almashish maqsadida oʻtkaziladi. Dasturda kamida ikki yil uzluksiz ish tajribasiga ega boʻlgan nomzodlar ishtirok eta oladilar.

Grant kimlar uchun?

Biznes va tadbirkorlik sohasi mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bir oylik dastur davomida qatnashchilarning AQShda yashash, oziq-ovqat, sugʻurta kabi xarajatlariga satflanadigan barcha toʻlovlarni tashkilotchilar toʻlab beradi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Oʻzbekistonlik nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod ayni vaqtda biznes, ijtimoiy tadbirkorlik yoki ijtimoiy innovatsiyaga bogʻliq sohalardan birida ishlayotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod kamida ikki yillik mehnat tajribasiga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilida yaxshi yozish va sozlashish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod 2020-yil 1-sentabrdan 2-oktabrgacha AQShda yashashga tayyor boʻlishi kerak.
  6. Nomzod 1979-yil 2-sentabrdan 1998-yil 1-sentabrgacha oraliqda tugʻilgan boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 30-martgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirishdan avval: shu yerdagi ma’lumotlarni toʻliq oʻrganib chiqing. Arizani toʻldirish: shu yerda amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ingliz tilida topshiriladi.
  2. Zagranpasportning yuqori sifatli raqamli (elektron) nusxasi.
  3. Fuqarolik pasportining yuqori sifatli raqamli (elektron) nusxasi.
  4. Ishtirokchi imzolagan rozilik xati nusxasi.
  5. Ishtirokchi imzolagan American Councils Privacy Policy Statement.
  6. Pasport formatidagi fotosurat.
  7. Boshqa qoʻshimcha hujjatlar.

Bogʻlanish uchun: +998 78 150 71 50 telefon raqamiga yoki: Toshkent 100070 Shota Rustaveli koʻchasi, 12-uy, Grand Business Center binosi 307-xonada joylashgan American Councils Uzbekistanga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!