×

AQSh Cato Institute: Talaba va yosh mutaxassislar uchun haq toʻlanadigan amaliyot; oylik stipendiya – 1000 AQSh dollargacha!


Grant

MUHLAT

15.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

6525 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Cato Institute Davlat siyosati tadqiqotlari tashkilotining 2021-yilgi Cato internships amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Tashkilot uchun saralab olingan amaliyotchilar sogʻliqni saqlash, mudofaa va tashqi siyosat, konstitutsiyaviy huquq, soliq va byudjet siyosati va boshqa boʻlimlarda tatqiqotchilar va assistentlarga tatqiqot olib borish, ma’lumot toʻplash, tahrir qilish va boshqa ishlarda yordam berishlari kerak boʻladi. Tashkilotning aloqalar boʻlimida ishlash imkoniyati ham mavjud, bunda amaliyotchilar OAV va turli tashkilotlar bilan ish yuritish boʻyicha tajriba orttiradilar.

Koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari amaliyotchilar ba’zan kotiblik, yetkazma yoki yordamchilik kabi vazifalarni ham bajarishalari kerak boʻladi. Undan tashqari ular falsafa, tarix va boshqa mavzularda tashkil etiladigan maxsus seminarlarda ham ishtirok etishadi.

Grant kimlar uchun?

Talabalar va yosh mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Agar siz Cato Institute’ga amaliyotchi sifatida qabul qilinsangiz, tashkilot sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  1. 1000 USD miqdoridagi oylik pul mablagʻi beriladi.
  2. Huquqshunoslik sohasida tahsil oladigan talabalarga yuridik vazifalar beriladi va ularga ko’proq stipendiya toʻlanadi.
  3. Chet davlatlardan boʻlgan talabalarga viza olish xarajatlari qoplab berilishi mumkin.
  4. Ba’zi hollarda amaliyotchilar yarim stavkaga qabul qilinishlari mumkin. Bunda ularga imtiyozli stipendiyalar beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlarlardan vakillar hujjat topshira oladi.
  2. Bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalar (mutaxassisliklaridan qat’i nazar) ushbu grantga hujjat bera oladilar.
  3. Oʻqishni yaqinda tamomlagan bitiruvchilar bu grantga ariza bera oladi.
  4. Nomzod magistratura talabasi boʻlishi mumkin.
  5. Quyidagi sohalardan biriga qiziquvchi huquqshunoslik yoʻnalishida oʻqiyotgan bakalavr talabalari: individual liberty, private property, free markets, limited government i.e. the philosophy known variously as “classical liberalism,” “market liberalism,” or simply “libertarianism” bu grantga hujjat topshira oladilar.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga bir yilda uch marta hujjat topshirish mumkin. Ayni vaqtda 2021-yil yozda boshlanadigan amaliyot uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Dedlayn –2021-yil 15-fevral.

Dedlayn muddatlari bilan tanishish uchun: shu yerga tashrif buyuring.

Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Barcha nomzodlar ariza formasini toʻldirishlari shart.
  2. Arizani toʻldirish uchun roʻyxatdan oʻtish va ochilgan akkauntga kirish lozim.
  3. Ariza formasini toʻldirish jarayonida arizani “save draft” tugmasi orqali vaqtincha saqlab qoʻyish va keyinchalik toʻldirishda davom etishingiz mumkin.
  4. Arizaga barcha ma’lumotlar toʻliq va toʻgʻri kiritilgach, “submit form” tugmasini bosish kerak.
  5. Chet ellik nomzodlar arizadan tashqari, CV yoki rezyumeyingizni nsaul@cato.org electron manziliga oʻzingiz hujjat topshirayotgan semestrning soʻnggi muhlatidan kechiktirmay joʻnatishingiz kerak. Agar saralashdan oʻtib, amaliyot dasturiga qabul qilinsangiz, bu rezyume/CV’dan viza jarayonini boshlashda foydalaniladi.

Cato Institute haqida batafsil ma’lumot olish uchun shu yerga, tashkilotning turli boʻlimlarida turli lavozimlar mavjud va bu lavozimlar uchun maxsus talablar va amaliyotchining vazifalari bir-biridan farq qiladi. Barcha markazlar va lavozimlar bilan shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Shu yerda amaliyotchi sifatida sizga asqotishi mumkin boʻlgan veb saytlar va sahifalarni topasiz.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!