AQShda joylashgan Chapman University oliygohi tomonidan taqdim etiladigan Merit Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Chapman universitetida mavjud bakalavr kurslarida o’qish uchun ajratilgan. Universitetda ushbu yo’nalishlarda bakalavr kurslari mavjud. Grantlar yuqori test natijalari va baholarga ega bo’lgan nomzodlarga ko’rsatkichlar va yutuqlariga asoslangan holda belgilanadi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Merit grantlari nomzodning yutuqlariga asoslangan holda belgilanadi. Grant miqdori yiliga 32 000 AQSh dollarigacha bo’lishi mumkin (undan kam bo’lishi ham mumkin). Chapman universiteti talabasi o’qish va yashash xarajatlarini qo’shganda yiliga kamida 80 000 AQSh dollari mablag’ sarflaydi. Bu haqida batafsil bu yerda yozilgan.
Talablar:
- Grantlarni yutib olish uchun nomzod avvalo Chapman universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
- Nomzod maktabni, akademik litseyni yoki kollejni tamomlagan bo’lishi yoki o’qishini Chapman universitetiga qaysi o’quv semestri uchun hujjat topshirgan bo’lsa, shu semestr boshlanishigacha tamomlashi kerak.
- Nomzodning baholari yuqori bo’lishi kerak. Merit grantlari eng yuqori baholarga ega nomzodlarga beriladi. Baholar va test natijalari qanchalik yuqori bo’lsa, grant miqdori ham shunchalik yuqori bo’ladi.
- Nomzod ingliz tilini kamida IELTS 6.5, TOEFL IBT 80 yoki DuoLingo 115
- Odatda, AQSh universitetlari bakalavr kurslariga qabul uchun SAT yoki ACT test natijalari talab etiladi. Ammo, Chapman universitetiga bu yildan boshlab ushbu test natijalarini topshirish majburiy emas. ACT yoki SAT natijalarini taqdim etgan va etmagan nomzodlar teng hisoblanadi. Batafsil
Dasturga qabul jarayoni:
Grantni yutib olish uchun bakalavr kursiga hujjat topshirish yetarli. Chapman universiteti bakalavr kurslariga qabul bir nechta mavsumda bo’ladi.
2021-yil bahorda boshlanadigan kurslarga 2020-yil 15-oktyabrgacha hujjat topshiring.
2021-yil kuzda boshlanadigan kurslarga 1-noyabrgacha va 15-yanvargacha hujjat topshiring.
Hujjatlar topshirish uchun onlayn ariza to’ldirishingiz zarur. Savollaringiz bo’lsa, bu yerga bosing. Hujjat topshirish jarayoni:
- Bu yerda ariza to’ldiring.
- Ariza shaklining “recommenders” qismi orqali sizga tavsiyanoma beradigan shaxsning kontakt ma’lumotlarini kiriting. Kamida 1 ta tavsiyanoma topshirish majburiy, lekin 2 shaxs tomonidan jami 2 ta topshirish ham mumkin.
- Qaysi maktab, kollej yoki litseyda o’qigan bo’lsangiz, shu muassasadan baholaringiz va diplom (shahodatnoma) ning rasmiy nusxasining Chapman universitetiga email yoki pochta orqali yuborishlarini so’rang. Manzil bu yerda ko’rsatilgan.
- Onlayn arizaning “school report form” qismida ko’rsatilgan shaklni maktabingizdagi mas’ul xodimga yuborib, maktab report shaklini tayyorlab, jo’natishini so’rang.
- Agar musiqa va shu kabi ijodiy yo’nalishga hujjat topshirgan bo’lsangiz, arizaga qo’shimcha ish namunalaringizni ham yuklang. Batafsil
Eslatma: agar o’qishga qabul qilinsangiz, diplom, shahodatnoma va baholarning asliga to’g’ri nusxalari qaysi maktab, litsey yoki kollejda o’qigan bo’lsangiz, shu muassasa tomonidan Chapman universitetiga email yoki pochta orqali yuborilishi kerak.