×

AQSh: COVID-19 Impact fotosuratlar tanlovi; mukofot jamg’armasi 10 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

15.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1664 marta

Getty Images mustaqil faoliyat olib boradigan fotosuratchilarga Getty Images Editorial Grants Program grant dasturining navbatdagi sonini eʻlon qilmoqda. Grant 15 yildan buyon oʻnlab davlatlardan boʻlgan fotosuratchilarga shaxsiy va jurnalistik ahamiyatga ega boʻlgan dolzarb muammolarni yoritib berishga yordam qilmoqda. Fototanlovning bu yilgi mavzusi – COVID-19 Impact boʻlib, xalqaro pandemiyaga oid fotosuratlarga bagʻishlangan. Tanlov yakunida sakkiz nafar gʻolib aniqlanadi.

Grant kimlar uchun?

Professional fotosuratchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov yakunida sakkiz nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri quyidagicha mukofotlanadilar:

  1. Har bir gʻolibga 5 000 AQSh dollardan jami 40 000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti ajratiladi.
  2. Loyiha davomida ishtirokchi Getty Images tahririyati tomonidan murabbiylik yordamini olish imkoniyatiga ega boʻladi.
  3. Taqdim etilgan rasmlarga mualliflik huquqi saqlab qolinadi.

Gʻolib ishtirokchilarning ijodiy ishlari targʻiboriga Getty Images va uning media hamkorlari tomonidan koʻmak beriladi

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nozod dunyoning istalgan mamlakat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod 18 yoshdan katta boʻlishi kerak.
  3. Nomzod professional fotosuratchi sifatida faoliyat olib borishi kerak.
  4. Tanlovga nomzodlar yakka yoki guruh sifatida ariza berishlari mumkin.
  5. Getty Images hodimlari tanlovga ariza bera olmaydilar.
  6. Arizalar ingliz tilida boʻlishi va elektron koʻrinishda topshirilishi kerak. Batafsil maʻlumot

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod 2020-yil 15-maygacha onlayn ariza berishi zarur.

Talablar:

  • Loyihaviy taklifning qisqacha mazmuni (project proposal300 – 500 soʻzdan iborat).
  • Nomzodning qisqacha tarjimai holi.
  • Taklifga aloqador (project proposal) 20-25 original rasm yoki portfelioga aloqador boʻlmagan rasmlar.
  • Takliflar ingliz tilida boʻlishi va elektron koʻrinishda topshirilishi kerak.

Hujjatlarga qoʻyilgan talablar haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.

Tanlov haqidagi toʻliq ma’lumotni tashkilotchining rasmiy sayti yoki grant shartlari sahifasidan topishingiz mumkin. Murojaat uchun:

e-mail: grants@gettyimages.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!