×

AQSh: Dasturchilar uchun trening; oʻqish toʻlovi qoplanadi; kelgusida ishga joylashish imkoni bor!


Grant

MUHLAT

20.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

985 marta

AQShning Cornell fondi tomonidan moliyalashtiriladigan The Data Incubator kompaniyasi barcha dasturchi va information texnologiyalar mutaxassislarini Data Science Fellowship trening dasturida qatnashishga taklif etadi. Ushbu dastur o‘z loyihalarini ishlab chiqish va shu orqali jamiyatda foyda keltirishni istaganlar uchun tashkil etilgan.

Dasturda bakalaviat, magistratura va doktoranturani tamomlab, faoliyat bilan shugʻullanayotgan mutaxassislar ishtirok eta oladilar. Trening dasturida qatnashadigan ishtirokchilar AQShning Nyu York, San-Fransisko, Boston va Vashington shaharlarida boʻlib oʻtadigan treninglarda qatnashadilar.

Nomzodlar har biri 20 tagacha ishtirokchidan iborat boʻlgan bir necha guruhlarga boʻlib oʻqitiladi. Trening dasturida quyidagilar oʻqitiladi:

  • Software engineering and numerical computation.Numerical techniques for optimization and vectorized linear algebra. Programming tools including Python, numpy, scipy, scikit-learn, matplotlib.
  • Natural language processing.Handling unstructured data, stemming, bag of words, TF/IDF, topic modeling.
  • Hypothesis testing, regression and classification, ensemble methods, cross-validation, variance-bias decomposition, data normalization.
  • Data visualization.Including geographical and temporal data. Packages like d3, ggplot, matplotlib.
  • Databases and parallelization.SQL, Hadoop, MapReduce, Spark, TensorFlow.

Grant kimlar uchun?

Dasturlash, axborot texnologiyalari mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Trening dasturida ishtirok etuvchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Treningda qatnashish uchun oʻqish puli toʻliq qoplab beriladi.
  2. Kelgusida nufuzli tashkilotlarga ishga joylashish imoni mavjud.
  3. Yetakchi sohalardagi ilgʻor texnologiyalar gʻoyalar egalari yillik 150 000 USD gacha maosh beriladigan ishga joylashtirilish mumkin.
  4. Mini-loyihalar seriyasini ishlab chiqish va ishga tushirish imkoniyati beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod dasturlash, matematika, informatika sohasi mutaxassisi boʻlishi kerak.
  3. Nomzod tegishli soha boʻyicha bakalavr/magistr/PhD/doktorlik darajasiga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod trening dasturi uchun yetarli boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishi lozim.
  5. Nomzod oʻz loyihasini taqdim etib, tizim/ “oblako”/bazaga joylashtirishi kerak.
  6. Nomzoddan ingliz tilini bilish talab qilinadi.
  7. Nomzodga dastur doirasida hujjat tayyorlash, suhbata tayyorlash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatiladi.

Treningga oid talab va cheklovlar bilan batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Treningda qatnashish uchun ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Hujjat topshirish uchun aniq dedlayn muddati koʻrsatilmagani uchun, shartli ravishda dedlayn 20-iyul, deb olindi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Trening 2019-yil 11-avgustdan 16-sentabrga qadar boʻlib oʻtadi.
  2. Nomzodlarning arizalari qachon qabul qilinishi dedlayni va hujjatlar tarkibi haqida ma’lumot olish uchun: shu yerdagi satrga elektron pochta manzilingizni yozing.
  3. Keying bosqichlar haqida yoʻriqnoma koʻrsatilgan manzilga joʻnatiladi.
  4. Yoʻriqnomani batafsil oʻrganib chiqing va hujjatlaringizni topshiring.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. CV/resume.
  2. Ariza.
  3. Diplom va diplom ilovalari.
  4. Pasport nusxasi.
  5. Viza haqida ma’lumot. Treningda qatnashish uchun J-1 vizasini rasmiylashtirish lozim.
  6. Avval biror loyiha/tadqiqot/treninglarda qatnashgan va mukofotlangan boʻlsangiz, shu haqida ma’lumot.

Dasturda oid qoʻshimcha ma’lumotlar, imtihon yoki boshqa sinovlar tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadi.

Nomzodlar sohaga oid g‘oya, texnologiya, innovatsiya kabilarga asosan saralanadi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: https://www.thedataincubator.com/contact-us.html

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!