×

AQSh: Dunyodagi eng yaxshi oliygohlarning 10 taligiga kirgan Yel universiteti yozgi maktabi uchun 100% grant!


Grant

MUHLAT

10.01.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

27478 marta

AQShda joylashgan nufuzli Yale University tomonidan maktab (litsey, kollej) o’quvchilari uchun tashkillashtirib kelinadigan Yale Young Global Scholars Program  (YYGS) yozgi maktab dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu nufuzli dastur maktab, kollej yoki litseylarda oxirgi sinf / kurs yoki oxirgidan oldingi sinf / kurs oʻquvchilari uchun mo’ljallangan. Dastur dunyoning barcha davlatlaridan yig’ilgan iqtidorli yoshlarga 2023-yilning yozida maʼlum muddat davomida Yale universitetida yashash, turli fan mashg’ulotlarida ishtirok etish va universitet hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Yozgi maktab mashg’ulotlari davomida bolalar o’zaro tanishish, universitet tashqarisidagi go’zal shaharni aylanish, birgalikda loyihalar tayyorlash va universitetning dunyoga mashhur mutaxassislaridan saboq olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Dasturda quyidagi yo’nalishlarda mashg’ulotlar olib boriladi:

Yoʻnalishlarning har biri 2 haftalik mashgʻulotlari oʻz ichiga oladi.

Maʼlumot uchun: Ushbu universitet, 2022-yil sentabr oyi holatiga koʻra, dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 9-oʻrinni egallab turibdi (THE reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Maktab, kollej yoki litseylarda oxirgi sinf / kurs yoki oxirgidan oldingi sinf / kurs oʻquvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

YYGS dasturida ishtirok etish pullik, hali 2023-yilgi dasturlarning haqi eʼlon qilinmagan. 2022-yilning yozidagi kurslarning haqi quyidagicha boʻlgan:

  • Bitta yoʻnalish boʻyicha 2 haftalik onlayn dasturga qatnashish haqi – 3500 AQSh dollari;
  • Bitta yoʻnalish boʻyicha 2 haftalik oflayn (borib qatnashiladigan) dasturga qatnashish haqi – 6500 AQSh dollari;

Biroq YYGS dasturi doirasida moliyaviy ko’makka muhtoj qatnashchilar dasturda qatnashish uchun 100% gacha grant yutib olishi mumkin. Moliyaviy koʻmak miqdori dasturi qabul qilingan nbomzodning moliyaviy holatidan kelib chiqadi va faqatgina dasturga qatnashish haqiga 100% gacha chegirma sifatida taqdim etiladi. Undan boshqa xarajatlarni (yoʻl xarajatlari, yashash xarajatlari va h.k.) qoplamaydi.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • 2023-yil 19-iyul hisobida kamida 16 yosh bo’lish shart.
  • Ingliz tilini yaxshi bilish va to’liq ingliz tilida o’tiladigan akademik mashg’ulotlarda qiyinchiliksiz qatnasha olish kerak. DuoLingo yoki TOEFL kabi ingliz tili test natijalarini taqdim etish ixtiyoriy.
  • Maktab, kollej yoki litseyning oxirgi yoki oxirgidan bir yil oldingi sinf / kursda o’qiyotgan bo’lish kerak.
  • 2024 yoki 2025-yil may-iyun oylarida maktabni (kollej, litsey) tamomlash kerak.
  • YYGS dasturida ilgari ishtirok etmagan bo’lishi kerak. Agar nomzod ilgari hujjat topshirib, qabul qilinmagan yoki qabul qilingan, biroq ham ishtirok etolmagan bo’lsa, yana ariza topshirish mumkin.

Dasturda qatnashish talablari bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Moliyaviy yordam granti talablari bilan toʻliq SHU YERDA tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

YYGS yozgi maktabida qatnashish uchun 100% gacha moliyaviy yordamni olish uchun nomzodlar yozgi maktab ariza shaklining ichidagi moliyaviy yordam boʻlimini toʻldirishi kerak. Moliyaviy yordam miqdori shu arizangizga bogʻliqligi sababli u yerda imkon qadar batafsil maʼlumot berish kerak. Arizalarni onlayn tarzda toʻldirish uchun havola BU YERDA (Step 5) beriladi.

Dasturga hujjat topshirish pulli, biroq ariza topshirish haqini toʻlamasdan hujjat topshirish ham mumkin. YYGS dasturiga hujjat topshirish 2 roundda amalga oshiriladi.

1-raund: 1-raundda hujjat topshirganlar 60 AQSh dollari miqdorida ariza haqi toʻlashi kerak. 1-raund qabuli 2022-yilning 2-noyabrigacha davom etadi.

2-raund: 2-raundda hujjat topshirganlar 75 AQSh dollari miqdorida ariza haqi toʻlashi kerak. 2-raund qabuli 2023-yilning 10-yanvarigacha davom etadi.

Ariza to’lovini amalga oshirish tartibi va qanday hollarda to’lovni to’lamaslik (Fee Waiver) mumkinligi haqida bu yerda tanishing.

Arizalar faqat onlayn shaklda topshiriladi. Ariza topshirish jarayoni va ketma-ketligi haqida batafsil BU YERDA tanishing.

Kerakli hujjatlar:

  • Mashg’ulotlar ro’yxati;
  • 1 ta 400 soʻzli insho va 1 ta savolga 200 soʻzli javob (ariza topshirish vaqtida mavzulari ko’rsatiladi);
  • 2 ta “tezkor” savolga javob (javob 280 belgidan oshmasligi kerak);
  • Baholar;
  • Ikkita tavsiyanoma;
  • Ariza toʻlovi (toʻlovni toʻlamaslik huquqini qoʻlga kiritish mumkin, shartlari bilan BU YERDA tanishing).
  • Ingliz tili testi sertifikati (TOEFL, IELTS yoki DuoLingo testlari natijalari). Bu sertifikatlarni topshirish shart emas. Boʻlsa, topshiriladi, boʻlmasa, topshirilmaydi.
  • Shuningdek, moliyaviy yordam grantini qoʻlga kiritishni xohlaganlar onlayn arizaning moliyaviy yordam boʻlimini ham toʻldirishi lozim.

Elektron ariza tarkibi haqida batafsil maʼlumot olish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.

Namunaviy ariza shaklini BU YERDAN topasiz (bu faqat namuna, yaʼni koʻrib olish uchun).

Hujjat topshirish ketma-ketligi haqidagi maʼlumotni BU YERDAN topasiz.

Savollar yuzasidan bu yerda murojaat qilishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin yozgi maktab rasmiy sahifasidagi maʼlumotlarni diqqat bilan oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!