×

AQSH: Fotosuratlar tanlovi; mukofot – 10 ming AQSH dollari!


Grant

MUHLAT

10.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1917 marta

Getty Images’, Dove hamda Girlgaze hamkorlikda ijodiy tijoriy fotografiya va videografiya sohasida turli-tumanlikni targ’ib qilish, ayollarning oʻrnini ko’tarish, ijodkor ayollarni aniqlash va jalb qilishda hamkorlik qilish maqsadida #ShowUs grantini tashkil etgan. Grant doirasida tijorat fotosuratlari va videografiyalarda ayollardagi goʻzallik tushunchasiga boshqacha koʻz bilan qarash va goʻzallik stereotiplaridan voz kechish maqsadida ish olib borayotgan ayol fotograflar va operatorlarga moliyaviy va murabbiylik yordami taklif etiladi. #ShowUs tanlovida tijoriy fotografiya va videografiya bilan shugʻullanuvchi ayol ijodkorlar oxirgi besh yil davomidagi ishlari bilan qatnashishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha fotosuratchi, tasvirchi va boshqa ijodkor shaxslar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov yakunida bir nafar gʻolib aniqlanadi va quyidagilar bilan mukofotlanadi:

  1. 10 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot.
  2. com orqali mukofotga sazovor bo’lgan asarlarni litsenziyalash imkoniyati.
  3. Getty Images mukofotiga sazovor bo’lgan nomzod Art-Direktorlardan biridan ko’rsatmalari va murabbiylik yordamini olish imkoniyatiga ega boʻladi. Batafsil maʻlumot grant shartlari sahifasida.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nozod dunyoning istalgan mamlakat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  2. Nomzod ayol kishi boʻlishi kerak.
  3. Tanlovda barcha havaskor va professional suratkashlar, shu sohaga qiziquvchi ijodkorlar yoshi, irqi va millatidan qat’iy nazar ishtirok etishlari mumkin.
  4. Nomzodlar o’z ishlarini onlayn portal orqali yuborishlari mumkin.
  5. Ijodiy ishga qo’shimcha ravishda uni izohlovchi 200-500 so’zdan iborat matn ham yozilishi kerak.
  6. Tanlovga bir nomzod bir yilda faqat bir marta ariza berishi mumkin. Batafsil maʻlumot.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod 2020-yil 10-maygacha onlayn ariza berishi zarur.

Talablar:

  1. Nomzodning oxirgi 5 yildagi ijodiy ishlari portfoliosiga havolalar (link) koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
  2. Loyihaning 200-500 soʻzdan iborat qisqacha tafsifi. Unda mazkur ish #ShowUs harakatiga qanday foyda keltira olishi yoritilgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzodning qisqacha avtobiografiyasi.
  4. Arizadagi barcha savollarga aniq va loʻnda javob berilgan boʻlishi kerak.
  5. Ariza ingliz tilida toʻldirilgan boʻlishi kerak.
  6. Barcha taqdim etilgan materiallar raqamli bo’lishi kerak, bosma materiallar, kitoblar, slaydlar yoki boshqa shu turdagi materiallar hakamlar tomonidan ko’rib chiqilmaydi va ariza beruvchiga qaytarilmaydi.

Hujjatlarga qo’yilgan talablar haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda. Natijalar 2020-yil 22-iyunda keng ommaga eʻlon qilinadi.

Tanlov haqidagi to’liq ma’lumotni tashkilotchining rasmiy sayti yoki grant shartlari sahifasidan topishingiz mumkin. Murojaat uchun:

e-mail: grants@gettyimages.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!