×

AQSh: Garvard Universitetida xarajatlar qoplanadigan tadqiqot; haftalik stipendiya – 1 350 AQSh dollar; joy – 11 ta!


Grant

MUHLAT

27.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1733 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Harvard University 2020-yilgi Knight Visiting Nieman Fellowships dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu dastur jurnalistika rivojiga xissa qoʻshadigan maxsus dasturlar ustida ishlayotgan shaxslar uchun moʻljallangan boʻlib, dastur davomida qatnashchilar loyihalarini yanaga mukammallashtirish uchun Garvard Universitetining boy ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyati ega boʻladilar. Hamkorlik dasturi qatnashchisiga aylangan shaxs Garvard universitetida tadqiqot olib borishi va natijalarini turli nashrlarda havola etib borishi kerak boʻladi. Dastur qatnashchilari koʻpi bilan 12 hafta tadqiqot olib borishlar mumkin, qancha vaqt tadqiqot olib borishni ularning oʻzlari belgilashadi. Odatda tadqiqot dasturi 4-8 hafta davom etadi. Bu yilga 5-11 nafar nomzodga stipendiya ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistikani rivojlantirish maqsadidagi barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkonyatlar yaratiladi:

  1. Dastur qatnashchilari Garvard Universitetida 12 haftagacha vaqt davomida tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega boʻladilar.
  2. Tadqiqot jarayonida ular universitetning boy ma’lumotlari zahirasi, olimlari va boshqa mutaxassislari bilan hamkorlik qilishlari mumkin boʻladi.
  3. Agar qatnashchi dastur vaqtida ish joyidan oylik olmaydigan boʻlsa, unga haftasiga 1350 AQSh dollari miqdorida moddiy ta’minot ajratiladi.
  4. Agar qatnashchining tadqiqot vaqtida Bostonda yashashi uchun aniq manzili boʻlmasa, unga bir xonali turar joy ham tashkil etib beriladi.
  5. Safar va viza xarajatlarini qatnashchining oʻzi qoplashi kerak, lekin u buning uchun stipendiya sifatida berilgan mablagʻdan foydalanishi mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzodning tadqiqoti jurnalistikani rivojlantirishga xissa qoʻshishi mumkin boʻlgan konkret loyiha boʻlishi kerak.
  3. Nomzod dastur davomida nima qilishini ham toʻliq rejalashtirib olgan boʻlishi, tadqiqot natijalari esa dastur maqsadini qanoatlantira olishi zarur.
  4. Nomzod taklif etayotgan tadqiqot taklifida jurnalistikani rivojlantirishga turli koʻrinishlarda yondashilishi mumkin: sohani moliyalashtirish, targʻib etish, muammolar yechimi yoki boshqa mavzularda tadqiqot olib borish mumkin.
  5. Qatnashchilar tadqiqot vaqtida Massachusetsdagi Kembrij shahrida yashashlari zarur boʻladi. Shuning uchun nomzod shu vaqtda AQShga koʻchib oʻtish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  7. Dasturda jurnalistlar, tadbirkorlar, tahlilchilar, moliyachilar va shu kabi turli soha vakillari ishtirok etishlari mumkin.
  8. Nomzodlarga yosh va ilmiy yutuqlarga oid cheklovlar yoʻq.
  9. Nomzod oliy ma’lumoti boʻlishi shart emas.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza berish uchun dedlayn – 2019-yil 27-sentabr.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab How to apply sahifasini oʻqib chiqing.
  2. Avvalo, onlayn ariza toʻldirishingiz kerak boʻladi.
  3. Arizani toʻldirish chogʻida quyidagilarni yuklash kerak:
  • CV yoki tarjimai hol.
  • sizni yaxshi biladigan uch nafar tavsiyachi haqida ma’lumot
  • tadqiqot taklifi aks etgan kichkina insho (hajmi 600 soʻzdan oshmasligi zarur) taqdim etiladi. Inshoda quyidagi savollarga javob yozish kerak: Which particular Harvard or local resources will be especially important and useful? How, specifically, will you use your fellowship time to advance the project? What will be the end product or result of your fellowship? How will your work benefit journalism?

Ilk saralash natijalari 2019-yil 25-noyabrgacha e’lon qilinadi va saralashdan oʻtganlar suhbatga taklif qilinishadi.

Dastur qatnashchilari 2019-yil 18-dekabrgacha tanlab olinadi va rasmiy natijalar 2020-yil yanvarda nashr qilinadi.

Hujjat topshirish niyatida boʻlsangiz, dasturga qabul qilingan avvalgi yillardagi loyihalarni koʻrib chiqish tavsiya etiladi.

Bogʻlanish uchun: nicole_arias@harvard.edu.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!