AQShning Washington D.C. shahrida joylashgan The George Washington University yosh mutahassislar, olimlar, hukumat hizmatchilari, siyosiy arboblar va inson huquqlarini himoyalash muassasalari hodimlarini The Central Asia-Azerbaijan Fellowship Program (CAAFP) amaloyot dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturning bu yilgi mavzusi “Youth Culture and Values” bo’lib, unda Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston, Turkmaniston, Qozog’iston va Ozorbayjon fuqarolari qatnashishlari mumkin. CAAFP dasturi qatnashchilarning tadqiqot va tahliliy ko’nikmalarini oshirishga va davlat siyosatida o’z o’rinlariga ega bo’lishlariga zamin yaratadi. Amaliyot dasturi 2019-yinling 15-avgustidan 2020-yilning 15-yanvarigacha 5 oy davom etib, Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va AQSh olimlari va siyosatchilari o’rtasida fikr almashish va uzoq muddatli intellektual hamkorlikni yaratish maqsadida tashkil etilgan.
Grant kimlar uchun?
Olimlar, siyosatchilar, aktivistlar va jamoat arboblari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur g’oliblariga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
- Amaliyotda bepul qatnashish.
- Kundalik xarajatlar uchun oylik 3 000 AQSh dollari miqdorida stipendiya (soliqqa totiladi).
- Viza xarajatlari.
- Tibbiy sug’urta.
- Safar xarajatlari (AQShga borish va kelish uchun aviachipta)
Talablar:
Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:
- Nomzod Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston, Turkmaniston, Qozog’iston yoki Ozorbayjon fuqarosi bo’lishi kerak.
- Nomzod 25-40 yoshda bo’lishi zarur.
- Nomzod hukumat idorasi hodimi, siyosatchi, olim/tadqiqotchi yoki inson huquqlarini himoyalash sohasida faoliyat olib borishi kerak.
- Nomzod magistrlik darajasiga ega bo’lishi va siyosat bilan bog’liq sohada faoliyat olib borgan bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
Nomzodga qo’yilgan talablar haqida bu yerda batafsil bilib oling.
Dasturga qabul jarayoni:
2019-yilning 15-avgustida boshlanadigan amaliyot dasturi uchun hujjatlarning barchasi shu yilning 1- mayiga qadar topshirilishi kerak. Buning uchun onlayn ariza to’ldirilari va kerakli hujjatlarning barchasi kerakli o’rinlarga yuklanadi. Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. To’liq bo’lmagan arizalar ko’rib chiqilmaydi.
Kerakli hujjatlar:
- Ariza.
- Motivatsion xat.
- Dastur mavzusiga takliflar (A concise proposal for a policy paper) 3-5 sahifadan iborat.
- Rezyume.
- 2 ta tavsiyanoma beruvchi shaxsning ismi-sharifi va kontakt raqamlari.
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan topishingiz mumkin.