×

AQSh: Arxitektorlar uchun tanlov dasturi; mukofot – 100 000 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

25.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3023 marta

Harward University Graduate School of Design tomonidan yilda bir bor oʻtkaziladigan 2020-yilgi Wheelwright Prize tanloviga arizalar qabul qilmoqda. Tanlov bu yil ham butun dunyo yosh arxitektorlarini yorqin gʻoyalari bilan ishtirok etishga taklif etadi. Tanlov dasturidan asosiy maqsad  xalqaro madaniy aloqalar orqali arxitektura sohasini rivojlantirishga hissa qoʻshuvchi yangidan yangi gʻoyalarni shakllantirish.

Tanlov soʻnggida beriladigan mukofot arxitektorga dunyo boʻylab oʻtkaziladigan sayohatlarini moliyalashtirishga yordam berish maqsadida beriladi. Bunda mukofot uchun eng munosib deb topilgan, ya’ni eng kuchli va umidli gʻoyalarga ega qatnashchiga dunyodagi biror davlatda tadqiqot olib borishi uchun modiy ta’minot tashkil etib beriladi.

Grant kimlar uchun?

Arxitektorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Wheelwright 2020 tanlovi gʻolibi quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

  • Sayohat va tadqiqotlarni qoʻllab quvvatlash uchun 100 000 USD pul mukofoti beriladi.
  • Garvard Universitetida oʻtkaziladigan ma’ruzaga taklifnoma beriladi.
  • Undan tashqari, Garvard universiteti nashriyoti tanlovga topshirilgan tadqiqot namunalarini chop etishi ham mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Arxitektura sohasida ta’lim olgan boʻlishi lozim (ta’lim olgan vaqti 2003 va 2019 yillar oraligʻiiga toʻgʻri kelishi lozim)
  • Nomzod avval ushbu tanlovda ilgari gʻolib boʻlmagan boʻlishi lozim.
  • Nomzodlar bir vaqtning oʻzida boshqa tanlovlarda ishtirok etolmaydilar.
  • Tanlovda guruh boʻlib ishtirok etish mumkin emas.
  • Garvard universiteti ma’ruzachilari hamda hodimlari ushbu tanlovda ishtirok etishlari mumkin emas.
  • Gʻoliblar xorijiy mamlakatlarda 6 oy davomida ilmiy tadqiqot ishlarini oʻtkazishga tayyor boʻlishlari lozim.
  • Mukofot qoʻlga kiritilgandan keyin nomzod 12 oy ichida oʻz tadqiqot ishlarini boshlashi hamda 2 yil muddat ichida yakunlashi lozim.
  • Nomzod qoʻlgan kiritilgan mukofotni universitet kontrakt toʻlovi maqsadida sarflamasligi lozim. Mukofot faqatgina tadqiqot xarajatlari uchun taqdim etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 25-yanvarga qadar qabul qilinadi. Hozir qabul yopiq va u kuzda ochiladi.

Wheelwright 2020 tanlovida ishtirok etish uchun onlayn ariza topshirish lozim, bu haqda batafsil shu yerda  tanishib chiqishingiz mumkin.

Hujjat topshirish jarayonida nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim boʻladi:

  • Ariza.
  • Kamida 10 ta su’ratdan iborat Portfolio.
  • Nomzod ilmiy ishi namunasini ham yuborishi lozim (hujjat pdf formatda, ingliz tilida 10 betdan oshmagan boʻlishi lozim).
  • Hajmi 6000 belgidan oshmagan ilmiy tadqiqot loyihas.i
  • Nomzod ilmiy tadqiqoti maqsadida tashrif buyuradigan saytlar roʻyxati, takliflar va taklif etilayotgan tadqiqot kun tartibini qoʻllab-quvvatlaydigan boshqa resurslar, shu jumladan sayohat yoʻnalishi haqida ma’lumotlar joylashi ham soʻraladi.
  • Nomzod haqida ma’lumot beroladigan 3 ta shaxsga bogʻlanish uchun kerakli ma’lumotlar. Tanlov hay’ati keyinchalik nomzod haqida chuqurroq oʻrganish uchun bu shaxslarga murojaat qilishi mumkin.

Roʻyhatdan oʻtish talablari bilan shu yerda yanda toʻliq tanishib chiqishingiz lozim.

Hujjat topshirishda asosan oʻz ishlaringiz jamlangan “portfolio”, siz olib bormoqchi boʻlgan tadqiqot taklifi va shu tadqiqot olib borilishi rejalashtirilgan safar rejasini taqdim etishingiz kerak.

Onlayn roʻyhatdan oʻtish ingliz tilida amalga oshiriladi hamda taqdim etiladigan hujjatlar ham inliz tilida boʻlishi soʻraladi. Roʻyhatdan oʻtish uchun nomzod xizmat koʻrsatish toʻlovini ya’ni 10 AQSH dollari toʻlab berishi lozim.

Bogʻlanish uchun: info@wheelwrightprize.org  elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!