×

AQSh: Ijodkorlar uchun ikki yillik rezidensiya dasturi; 37 500 AQSh dollar stipendiya beriladi; joy – 10 ta!


Grant

MUHLAT

03.12.2020

QOLGAN VAQT

241 kun

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1741 marta

AQShda joylashgan Stanford Universiteti Wallace Stegner Fellowship rezidensiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu rezidensiya dasturi yozuvchi va shoirlar uchun moʻljallan. Dastur ikki yil davom etadi. Dastur davomida qatnashchilar Stanford Universitetida tashkil etilgan haftalik seminarlarda ishtirok etish va ijod qilish hamda bir-birlari bilan hamkorlik, muloqot uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.  Dastur doirasida 10 ta toʻliq grant ajratilgan, ulardan 5 tasi shoirlar, 5 tasi yozuvchilar uchun moʻljallangan. Dastur Creative Writing kursi vakillari qatnashchilarga yordam beradi. Dastur soʻngida qatnashchilar nashrga tayyor holdagi biror asar taqdim etishlari kerak boʻladi. Shuning uchun haftalik kurs va seminarlarda qatnashishdan tashqari ijodkorlar oʻz asarlari ustida ishlashlari talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Shoir va yozuvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Qatnashchining turli kurs va seminarlarda qatnashishiga ketadigan barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplab beriladi.
  2. Qatnashchiga tibbiy sugʻurta olib beriladi.
  3. Qatnashchiga 37 500 AQSh dollari miqdorida yillik stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlaridan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Nomzod hozirda ijod qilayotgan yozuvchi yoki shoir boʻlishi kerak.
  3. Nomzodning yoshi, qanday daraja diplomiga ega ekanligi, irqi, millati va fuqaroligining ahamiyati yoʻq. Ammo dasturga koʻproq 22-75 yosh orasidagi nomzodlar qabul qilinadi.
  4. Nomzod adabiyot boʻyicha yuksak qiziqish, qobiliyat va potensialga ega boʻlishi zarur.
  5. Nomzod dastur davomida, ya’ni 2 yil, AQShda yashash va dasturda qatnashishga tayyor boʻlishi kerak.
  6. Nomzod AQShda payti yozishi uchun biror asar oʻylab qoʻyishi yoki boshlab qoʻyishi maqsadga muvofiq boʻladi.
  7. Dastur davomida qatnashchilar oʻzlarini ijod va oʻrganishga bagʻishlashlari shart. Ishlash yoki chalgʻituvchi boshqa mashgʻulotlar bilan shugʻullanish mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 3-dekabgacha qabul qilinadi. Hozir qabul yopiq. Ariza topshirish platformasi 2020-yil 1-sentabrdan ochiladi.

Grantga hujjatlar onlayn ariza topshirish orqali qabul qilinadi. Ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:

  • CV/resume/tarjimai hol.
  • Ikkita tavsiya beruvchi haqida ma’lumotlar.
  • Oʻquv rejasi. Bu hujjat yoki PDF formatida boʻlishi va unda nomzod rezidensiya dasturi uchun rejalari haqida yozishi kerak.
  • Nomzodning ijodidan namuna (manuscript). Bunda taqdim etilgan nasriy asarlarning hajmi 9000 soʻzdan, she’rlarning hajmi 15 sahifadan oshmasligi kerak.
  • Ariza topshirish uchun 85 AQSh dollar toʻlash kerak. Toʻlovni amalga oshirish uchun kredit kartochkasian foydalangan ma’qul. Agar ariza toʻlovidan ozod qilinish uchun ariza bermoqchi boʻlsangiz, maxsus blankni toʻldirishingiz kerak.

Natijalar imkon qadar tez vaqt ichida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: shu yerda e’lon qilinadigan manzillarga murojaat qiling. Manzil qabul ochilgandan soʻng ma’lum boʻladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!