×

AQSh: Ijtimoiy soha vakillari uchun 2 yilgacha seminar; stipendiya – 1 400 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

01.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1969 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu Meksiko shtatida joylashgan School for Advanced Research (SAR) tashkiloti SAR Advanced Seminar dasturida qatnashishga taklif etadi. Ushbu seminar lider, tadqiqotchilar uchun moʻljallangan boʻlib, jamiyat hayoti, turmush tarzini yaxshilashda innovatsion yeshimlarni ishlab chiqish uchun tashkil qilingan. Grant 12-24 oy (1-2 yil) davomida seminarda 10 nafar qatnashuvchidan 2 nafar nomzodning xarajatlarini qoplaydi. Seminarda rivojlanayotgan davlatlar vakillari ishtirok eta oladilar.

Grant kimlar uchun?

Lider, tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Seminarda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarning Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashash va sayohat qilish uchun 1 400 USD pul ajratadi. Batafsil: shu yerda.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  3. Nomzod tadqiqotchi yoki ijtimoiy soha boʻyicha amaliyotchi boʻlishi lozim.
  4. Nomzod jamiyat va ijtimoiy muammolar boʻyicha bilimga ega boʻlishi kerak.
  5. Intiluvchan va mavzu boʻyicha bilimlarini yanada chuqurlashtirish istagida boʻlgan nomzodlar qabul qilinadi.

Talabalar batafsil: shu yerda koʻrsatilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 1-fevralga qadar qabul qilinadi. Seminarga arizani shu yerda toʻliq toʻldirish va soʻralgan hujjatlarni yuklash kerak.

Hujjatlar tarkibi:

Ariza. Arizani koʻrsatilgan barcha qismlari koʻrsatilgan holda toʻldirish kerak. Ariza quyidagi maʼlumotlarni qamrab oladi:

  • 150 soʻzgacha annotatsiya.
  • Taklif (seminar loyihasi). Loyiha 6 betgacha hajmda va ikki intervalda quyidagi talablarga rioya qilib yoziladi:
  • Seminar mavzusi va muhokama uchun savollar.
  • Mavzu antropologiya va/yoki antropologiyadan tashqari fanlar uchun qanday ahamiyatga egaligi.
  • Seminar mavzusini nima uchun koʻrib chiqish uchun muhimligi.
  • Seminarning dolzarbligi.
  • Seminarda kimlar qatnashishi mumkinligi.
  • Seminardan kutilayotgan natijalar.
  • Qisqacha adabiyotlar roʻyxati.
  • Rezyume yoki CV.

Barcha talabalar: shu yerda batafsil taqdim etilgan.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Taklif (seminar loyihasi)ning taqdimoti.
  2. Seminarning ahamiyati.
  3. SAR ning maqsad va vazifalariga taklif etilayotgan mavzuning mosligi.
  4. Tadqiqotning sifati.
  5. Seminarning aynan hozir (yoki yaqin boshqa muddat) ichida oʻtkazilishi nima uchun muhimligi.
  6. Tashkilotchi (nomzod)ning qobiliyati.
  7. Seminarda qatnashuvchilarning seminar mavzusiga mos kelishi.

2020-yilning iyun oyida elektron pochta orqali maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: semin@sarsf.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!