×

AQSh: Indiana universitetida bakalavr bosqichini o`qish uchun 44 000 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

15.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2138 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Indiana shtatida joylashgan Indiana University and Purdue University (IUPUI) 2019-2020-oʻquv yilining kuzida boshlanadigan kurslar uchun Dean’s Recognition Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilgacha beriladi. Grantga nomzod talaba a’lochi va SAT yoki ACT imtihonlaridan baholari yuqori boʻlishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Indiana University and Purdue University (IUPUI) bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2019-oʻquv yili uchun taxminan 30 539 AQSh dollar. Yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlar uchun esa talaba bir yilga 45 368 AQSh dollar mablagʻ sarflaydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga 4 yilgacha muddatga kontrakt pulini qisman qoplash uchun har yilga 11 000 AQSh dollardan umumiy 44 000 AQSh dollar stipendiya beriladi. Grant muddatini har yiliga uzaytirish ushun oʻzlashtirish koʻrsatkichi a’lo darajada boʻlishi talab qilinadi.

Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Grant uchun baholar GPA 4,0 dan kamida 3,5 boʻlishi kerak.
  • Nomzod SAT yoki ACT boʻyicha yuqori ballga ega boʻlishi kerak. Ingliz tili ona tilisi boʻlmagan nomzodlardan SAT Math section kamida 610 yoki  Evidence-Based Reading va Writing hamda Math sectiondan 1240 ball/ACT kamida 26 ball boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Bakalavriatga IELTS kamida 5.5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn 15-noyabrgacha.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Onlayn ariza toʻldirish Apply UI yoki Common Application boʻlimi orqali amalga oshiriladi. Ariza toʻldirish uchun 65 AQSh dollar badal toʻlah kerak. Badal toʻlanmaguncha ariza koʻib chiqilmaydi.
  • Keyin soʻralgan hujjatlarni iStart tizimiga yuklang. Bu haqida batafsil: shu yerda oʻqib chiqing.
  • Undan soʻng iStart tizimiga diplom ilovasini yuklaganingizdan keyin universitet sizni dastlabki saralashdan oʻtkazadi. Keyin tizimga Financial Support Agreement va English proficiencyni yuklaysiz.
  • Tizimga SAT/ACT/TOEFL sertifikatlarini yuklayotganda quyidagi universitet kodini kiriting: SAT: 1325; ACT: 1214; TOEFL (iBT): 1325.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi. baholar GPA 4,0 dan kamida 3,5 boʻlishi kerak.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 5.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati. SAT Math section kamida 610 yoki  Evidence-Based Reading va Writing hamda Math sectiondan 1240 ball/ACT kamida 26 ball boʻlishi talab qilinadi.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma talab qilinishi
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.
  • AQSh yoki boshqa xalqaro oʻqish standartlariga mos kelmaydigan attestat/diplom topshirilganda 1 yillik Foundation kursidan oʻtish talab qilinishi mumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga ACT va SAT imtihoni baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: escholar@iupui.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!