×

AQSh: Ingliz tili oʻqituvchilari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi


Grant

MUHLAT

14.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4920 marta

Toshkentdagi Embassy of the United States in Tashkent oʻrta, oʻrta maxsus, oliy va malaka oshirish sohasida faoliyat olib borayotgan barcha ingliz tili oʻqituvchilarini AE E-Teacher Scholarship Program dasturida qatnashishga taklif etmoqda. Dastur 8 haftalik onlayn mashgʻulotlardan uborat boʻlib, 2020-yilning 7-aprelida boshlanadi. AE E-Teacher Courses dasturida nomzod quyidagi kurslardan birida qatnashish uchun ariza berishi mumkin:

  • Professional Development for Teacher Trainers
  • Teaching English to Young Learners
  • Using Educational Technology in the English Learner Classroom
  • Integrating Critical Thinking Skills into the Exploration of Culture in an EFL Setting
  • Teaching Grammar Communicatively
  • TESOL Methodology
  • Content-based Instruction

Dastur davomida qatnashchilar Amerikaning turli hamkor oliygohlari professor-oʻqituvchilaridan taʻlim olish va kasbiy malakalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan qatnashchilarga American University tomonidan sertifikat topshiriladi.

Grant kimlar uchun?

Ingliz tili oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’oliblarga dasturda bepul qatnashish va onlayn kurs oxirida American University tomonidan beriladigan sertifikatga ega boʻlish imkoni beriladi.

Talablar:

Nomzod  quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Oʻzbekiston fuqarosi/rezidenti boʻlishi kerak.
  2. Nomzod ELT – ingliz tili oʻqituvchisi boʻlishi kerak.
  3. Nomzod reading va writing boʻyicha yuqori natijaga ega boʻlishi kerak (kamida CEFR B2/TOEFL iBT 70).
  4. Nomzod muntazam ravishda yuqoti tezlikdagi internet tarmogʻiga ulanish imkoniga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod kurs davomida haftasida 10-12 soat onlayn shugʻullana olishi kerak.
  6. Agar nomzod birinchi tanlagan kursida (#1 choice) qatnashisha olmasa, ikkinchi yoki uchinchi kursga yozilishga tayyor boʻlishi kerak.
  7. Nomzod topshirgan barcha hujjatlarning sarlavhasida “AE E-Teacher” yozilgan boʻlishi kerak.
  8. Nomzodga qoʻyilgan talablar haqida bu yerda batafsil bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

2020-yilning 7-aprelida boshlanadigan onlayn kurs uchun arizalar 2020-yil 14-yanvarga qadar topshirilishi kerak. Buning uchun ariza shakli (nomzodning shaxsiy maʻlumotlari, manzili, ilmiy darajasi, ayni paytdagi ish joyi, Statement of Purpose va x.k) toʻldirilari va Tashkent-ELP@state.gov manziliga e-mail orqali yuboriladi. Topshirilgan barcha hujjatlar “AE E-Teacher” deb nomzlangan boʻlishi kerak.Toʻliq boʻlmagan qrizalar koʻrib chiqilmaydi.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni Toshkentdagi AQSh Elchixonasining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun: Tashkent-ELP@state.gov

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!