×

AQSh: International Guest Scholarships – jarrohlar uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

01.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1914 marta

AQSHning  Chikago shahrida joylashgan American College of Surgeons ta’lim berish va tadqiqotlar olib borish ishtiyoqidagi chet ellik jarrohlarga International Guest Scholarships (IGS) grant dasturini taklif etadi. Grant dasturi tadqiqotchilarga AQSh va Kanadada ta’lim berish, klinik va ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullanish, American College of Surgeons Clinical Congress kongressida qatnashib, ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Grant kimlar uchun?

Jarrohlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Grantni yutib olgan tadqiqotchilarning har biriga 10 000 AQSh dollari miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
  • International Guest Scholarships dasturi har yili sog’liqni saqlash sohasida faoliyat olib boruvchi tadqiqotchilarga AQSh va Kanadada tadqiqot olib borish, ta’lim berish;
  • 2020-yil 4-8 oktabr kunlari Illinoys shtatining Chikago shahrida bo’lib o’tadigan, turli klinika va tibbiyot oliy o’quv yurtlari ishtirok etadigan American College of Surgeons Clinical Congress kongressida qatnashish va tajriba orttirish;
  • Clinical Congressning ajralmas qismi bo’lgan ma’ruzalar, namoyishlar, taqdimotlar hamda jarrohlik kurslarida (postgraduate courses) bepul qatnashish imkoniyati beriladi.

Talablar:

  1. Nomzod AQSh yoki Kanada fuqarosi bo’lmasligi kerak;
  2. Nomzod tibbiyot oliygohining jarrohlik bo’limida tahsil olgan bo’lishi kerak;
  3. Nomzod kamida 35 yoshdan katta va 50 yoshdan kichik bo’lishi kerak;
  4. Nomzodlar o’z arizalarini o’zlarining doimiy yashash joylaridan topshirishlari shart;
  5. Nomzod oliy ta’lim muassasasini yakunlangandan so’ng o’zining doimiy yashash joyida kamida bir yil davomida jarroh bo’lib ishlagan, shu sohani o’qitgan yoki jarrohlik bo’yicha tadqiqotlar olib borgan bo’lishi zarur;
  6. Grantni berishda mehnat faoliyatini yaqinda boshlagan yosh mutaxassislarga ustunlik beriladi;
  7. Nomzodlar grant beruvchining vebsayti orqali berilgan onlayn arizani to’ldirishlari zarur. Ariza va unga qo’shilgan materiallar ingliz tilida topshirilishi kerak. CV ning bir o’zi ariza sifatida qabul qilinmaydi;
  8. Nomzod o’zining barcha nashrlar ro’yxati (ilmiy maqola, ishlanma va x.k.)ni taqdim etishi va qo’shimcha ravishda ushbu ro’yxatdan tanlab olingan uchta to’liq nashr (reprint yoki qo’lyozmalar) taqdim etishi kerak;
  9. AQSh va Kanadada ta’lim olgan yoki jarrohlik amaliyoti olib bormagan nomzodlarga imtiyoz berilishi mumkin;
  10. Nomzodga uch nafar hamkasbi tavsiyanoma berishi lozim. Tavsiyanomalar o’zida nomzodning o’qitishdagi va jarrohlikdagi tajribasini, erishgan yutuqlarini ifodalashi hamda tavsiya beruvchi tomonidan shaxsan taqdim etilishi zarur;
  11. Grantni yutib olgan qatnashchi undan grant uchun belgilangan yilda (2020- yilda) foydalanishi kerak;
  12. Grantga loyiq korilgan nomzodlar dastur yakunlangandan so’ng orttirilgan bilim va tajribalari haqida to’liq yozma hulosa (report) tayyorlashlari zarur;
  13. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan nomzod faqatgina ikki marotaba qayta ariza topshirish imkoniga ega bo’ladi. Keyingi arizasida nomzod yangi qo’llab-quvvatlovchi hujjatlar (supportive documents) bilan, yangi arizani to’ldirgan holda ishtirok etishi mumkin.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar bilan batafsil bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

  • 2020 yilgi International Guest Scholarships dasturida ishtirok etish uchun nomzodlar onlyn ariza va barcha kerakli hujjatlarni 2019- yilning 1- iyulidan kechiktirmasdan taqdim etishlari zarur. Ariza shakli bilan bu yerda
  • Natijalar 2019- yilning noyabr oyida ma’lum qilinadi.
  • Ariza va talab etiladigan hujjatlarning iloji borich erta topshirilishi maqsadga muvofiq.

Hujjat topshirish jarayoni bu yerda batafsil yoritilgan.

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotni oliygohning rasmiy saytidan yoki nomzodga talablar sahifasidan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel: 312-202-5000

Fax: 312-202-5001

E-mail: kearly@facs.org. yoki scholarships@facs.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!