×

AQSh: Bakalavriat uchun 80 000 AQSh dollargacha grantlar!


Grant

MUHLAT

01.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1821 marta

AQShning Iova shtatida joylashan Iowa State University bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar hamda bakalavr bosqichida oʻqiyotgan, lekin oʻqishini Iova shtat universitetiga koʻchirishni xohlovchilar uchun International Merit Scholarships grant daturlarini e’lon qiladi. Ushbu dasturga 2020-yilning bahorgi semesteridan boshlab oʻqishni xohlovchilar topshirishi mumkin. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda bakalavriat kurslari kontrakt toʻlovi bir yilga 26 140 USD, hamma xarajatlar bilan birga esa 40 860 USD ni tashkil etadi.

Grant dasturlari ikki kategoriyaga boʻlinadi: bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun va oʻqishni koʻchirishni xohlovchilar uchun.

  • Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilarga nomzodning koʻrsatkichlariga qarab yiliga 2 000 -10 000 USD gacha mablagʻ ajratiladi. Bu mablagʻ universitetda oʻqish pulini qoplashga yoʻnaltiriladi. Grant maksimum 8 semester (4 yil davomida 80 000 USD) beriladi va keyingi semesterda grantning berilishi uchun talaba oldingi semesterda fanlarni yaxshi oʻzlashtirishi kerak.
  • Oʻqishni koʻchirishni xohlovchilarga yiliga 8 000 USD miqdoridagi Gold grant yoki 4 000 USD miqdoridagi Cardinal grant Mablagʻ univeritetda oʻqish pulini qoplashga yoʻnaltiriladi. Grant maksimum 5 semester davomida beriladi va keyingi semesterda grantning berilishi uchun talaba oldingiz semesterda fanlarni yaxshi oʻzlashtirishi kerak.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Talaba AQSh fuqarosi boʻlmasligi, ya’ni xalqaro talaba boʻlishi kerak;
  • Talaba universitetdagi bakalavrlik dasturlaridan biriga qabul qilingan boʻlishi kerak. Bakalavrlik dasturlari bilan shu yerda tanishing.
  • SAT yoki ACT testlaridan birini topshirgan boʻlishi kerak.
  • 2019-yilning 1-oktabri/2020-yilning 15-yanvarigacha Iova shtat universitetining bakalavr dasturlaridan biriga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilishi kerak. Ingliz tili uchun minimum talablar quyidagicha: IELTS 6.0 (barcha qismlar 5.5 dan yuqori boʻlishi shart); TOEFL IBT 71 (Speaking va Writing natijalari 17 dan past boʻlmasligi kerak), TOEFL PBT 530 boʻlishi kerak.
  • Kamida 12 yil ta’lim olgan boʻlishi kerak (maktab va kollej/litseyda).
  • Kollej/litseydagi fanlarni oʻzlashtirish darajasi 5 lik tizimda eng kami 3.7 boʻlishi kerak.
  • SAT yoki ACT testi bakalavrlik dasturlaridan biriga qabul qilinish uchun majburiy qilib belgilanmagan. Lekin ushbu testni topshirganlik nomzodning qabul qilinishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.

Talablar bilan batafsil shu yerda tanishing.

Oʻqishini Iova shtat universitetiga koʻchirib, grant qoʻlga kiritishni xohlovchilar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod oʻqigan fanlar Iova universitetiga oʻqish tizimiga oʻzgartirilganda 66 kreditdan oshib ketmasligi kerak.
  • Til bilish talablariga javob berishi kerak: IELTS 6.0 (barcha qismlar 5.5 dan yuqori boʻlishi shart); TOEFL IBT 71 (Speaking va Writing natijalari 17 dan past boʻlmasligi kerak), TOEFL PBT 530 boʻlishi kerak.
  • Hozirgacha oʻtilgan fanlarni oʻzlashtirish darajasi 4 lik tizimda 3 dan past boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod quyidagi sohalardan birida yuqori natijalarga ega boʻlishi hamda yutuq;arga erishgan boʻlishi kerak: matematija va fan; turli san’at turlari; qoʻshimcha mashgʻulotlar; ijtimoiy xizmatlar; tadbirkorlik liderlik; innovatsiya.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Hozir 2020-yilda bahorda boshlanadigan kurslarga hujjat topshirish mumkin. Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar grant uchun alohida hujjatlar topshirish talab etilmaydi. Bakalavr dasturlaridan biriga hujjat topshirgan va SAT yoki ACT testi natijalarini taqdim qilgan nomzodlar avtomatik tarzda ushbu grant nomzodi sifatida koʻrib chiqiladi. Dedlayn – 1-oktabrgacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga hujjat topshiring.
  2. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  3. Hujjat topshirishdan avval Apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  5. Tanlangan kursga ariza topshiring.
  6. Ilova qilinadigan hujjatlarni tizimga yuklang.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS kamida 6,0/TOEFL 71 ball boʻlishi kerak.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi/baholar. GPA kamida 4,0dan 2,75 boʻlishi kerak.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
  • Esse/motivatsion xat.
  • ACT/SAT setifikati.

Grant bilan shu yerda batafsil tanishing.

Oʻqishni koʻchirmoqchi boʻlganlar esa onlayn tarzda quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:

  • Resume yoki CV.
  • Bitta tavsiyanoma.
  • 500 soʻzdan oshmagan va nomzodni grantga loyiq ekanligini isbotlovchi insho.
  • SAT yoki ACT testi natijalari majburiy emas, lekin boʻlsa, nomzodga grant ajratilishi uchun ijobiy ta’sir qiladi. Insho va boshqa hujjatlar onlayn ariza toʻldirishda taqdim qilinadi.
  • Bunda nomzod  Undergraduate Application for Admissionboʻlimiga barcha soʻralgan hujjarlarni taqdim qilish orqali ariza topshirish kerak. Keyin grant uchun International Merit Scholarship Application Form arizani toʻldirish kerak.

Ushbu grant bilan shu yerda batafsil tanishing.

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!