×

Ijtimoiy soha vakillariga AQShda 4 oy malaka oshirish uchun grant dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

28.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

5072 marta

IREX tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Community Solutions Program (CSP) dasturiga arizalar qabuli yaqinlashmoqda. Ushbu dastur jamiyat rivojiga hissa qo’shayotgan, yetakchilik sifatlariga ega va shijoatli ijtimoiy soha vakillari uchun mo’ljallangan. CSP dasturi hozirda o’z sohasida tajribaga ega mutaxassislarni professional jihatdan yanada rivojlantirish uchun mo’ljallangan. Dastur ishtirokchilar AQShda 4 oy davomida turli tashkilotlarda malaka oshirishlari mumkin bo’ladi. Undan tashqari, ishtirokchilar Community Leadership Institute dasturida ishtirok etib, yetakchilik qobiliyatlari ustida ishlaydilar. Dastur davomida har bir ishtirokchi ijtimoiy hayotni yaxshilash uchun ma’lum yechimlar ustida ishlashlari kerak bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Ijtimoiy soha mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

4 oylik dastur davomida qatnashchilar AQShning turli hududlariga joylashtiriladilar va tashkilotchilar safar xarajatlari, aviachipta va dastur davomida toʻlanishi kerak boʻlgan turar joy, oziq-ovqat, tibbiy sugʻurta, viza kabi xarjatlarni qoplab berishadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Roʻyxatda berilgan barcha davlatlardan nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Oʻzbekiston roʻyxatga kiritilgan.
  2. Nomzod 2021-yil 1-yanvar holatiga 25 va 38 yosh oraligʻida boʻlishi kerak.
  3. Dastur yosh mutaxassislar uchun moʻljallangan boʻlib, unda qatnashayotgan mutaxassislar oʻz sohalari boʻyicha kamida 2 yillik tajribaga va ko’plab yutuqlarga ega boʻlishlari zarur.
  4. Nomzodjamiyatni rivojlantirishga oid sohada faoliyat yuritayotgan boʻlishi shart.
  5. Nomzod ayni vaqtda AQShdagi biror bir dasturda ishtirok etayotgan boʻlmasligi kerak.
  6. Nomzod 2021-yil avgustdan dekabrgacha AQShda yashash va ishlashga tayyor boʻlishi kerak.
  7. Nomzod dastur tugagach, oʻz vataniga qaytib ketishi va u yerda kamida 2 yil yashashi talab etiladi.
  8. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Dastlabki saralashdan oʻtgan nomzodlar TOEFL imtihoni topshiradilar.
  9. IREXda yaqin qarindoshlari yoki oʻzi ishlayotgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlar 2020-yil 16-srntyabrdan boshlab, 28-oktyabrgacha bu yerda qabul qilinadi. Ariza topshirish oldidan bu yerdagi yo’riqnoma bilan tanishib chiqing.  Ilk saralash jarayonidan o’tgan nomzodlar suhbatga taklif etiladilar.  Suhbatda dasturda qatnashishga eng munosib nomzodlar saralab olinadilar. Bu nomzodlar TOEFL imtihonini topshirishlari kerak bo’ladi.

Ariza berishda taxminan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi.
  3. Ingliz tili sertifikati.
  4. CV/resume.

Natijalar 2020-yil iyun oyida xabar qilinadi.

Savollaringiz bo’lsa,cspapply@irex.orgelektron manziliga yoki shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!