×

AQSh: Jurnalistlar uchun barcha xarajatlar qoplanadigan amaliyot; joy – 10ta!


Grant

MUHLAT

14.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1335 marta

AQShda joylashgan World Press Institute (WPI) barcha jurnalistlarni oʻzining 2020-yilgi World Press Institute Fellowship dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur har yili dunyo boʻylab 10 nafar professional jurnalistni birlashtiradi va ularga 9 oy mobaynida Amerika Qoʻshma Shtatlari boshqaruvi, siyosati, biznesi, ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar axloqi va madaniyatini yaqindan oʻrganish va qimmatli tajribaga ega boʻlish imkoniyatini beradi. Dastur Minnesota shtatining Minneapolis shahrida start oladi va Sent – Pol shahrida nihoyasiga yetadi. Amaliyot davomida qatnashchilar AQSHning Chikago, Nyu York, Mayyami, Ostin (Texas), San Fransisko kabi joylariga tashrif buyuradilar.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

WPI grantini yutib olgan jurnalistni quyidagilar bilan ta’minlaydi:

  • AQShga borish va kelish xarajatlari.
  • WPI dasturi boʻyicha AQSH boʻylab barcha yoʻl xarajatlari.
  • Turar joy.
  • Oziq-ovqat uchun kundalik xarajatlar.

Qatnashchilar telefon, kamera, kiyim-kechak va pochta xizmati kabi shaxsiy xarajatlarini oʻzlari qoplashlari lozim.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod 9 haftalik dastur davomida oʻzidan talab etiladigan kasblariga oid barcha talablarni bajarishni zimmasiga olishi kerak. Qatnashchilarga qoʻyilgan talablar bilan shu yerda tanishing.
  2. Nomzod bosma nashrlar, radio yoki on-layn jurnalistika yoʻnalishlarida kamida besh yil ishlaganboʻlishi kerak:
  • Gazetalarning yangiliklar yoki tahririyat boʻlimlari, telegraf xizmatlar, radio, televidenie, veb-saytlar yoki onlayn nashrlar;
  • Fotojurnalistlar, karikaturachilar, sharxlovchilar va efirga uzatuvchilar;
  • 5 yillik ish tajribalari boʻlgan taqdirda OAVning jurnalistlarga rahbarlik qilayotgan hodimlari ham ariza topshirishlari mumkin.
  1. Nomzod hozirgi paytda Amerika Qoʻshma Shtatlaridan tashqarida ishlaydigan AQSh fuqarosi boʻlmagan shaxs boʻlishi kerak;
  2. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak (ham ogʻzaki ham yozma);
  3. Nomzodda yetakchilik qobiliyati yuqori boʻlishi kerak.
  4. Universitet talabasi sifatida jurnalistika bilan bogʻliq har qanday ish tajribasi deb hisoblanmaydi.
  5. Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimlarida ishlaydigan yoki ommaviy axborot vositasi boʻlmagan tashkilotlar hodimlari ariza berish huquqiga ega emaslar.

Qatnashchilarga talablar:

WPI qatnashchilari quyidagi shartlarga rioya qilishlari kerak. Ushbu shartlarning buzilishi grantning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin:

  1. Qatnashchilar Barcha brifinglar va WPI rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorlanishlari va ishtirok etishlari.
  2. Dastur yakunigacha toʻliq qatnashishlari va tugaganidan soʻng oʻz mamlakatlariga qaytishlari.
  3. WPI veb-saytiga maqolalar yozishlari va ularni oʻzlarining oʻquvchilari, tinglovchilari yoki tomoshabinlari bilan baham koʻrishlari.
  4. AQSh va xalqaro jurnalistika masalalari boʻyicha fikrlarni almashish uchun bir nechta davra suhbatlarida qatnashishlari.
  5. Turli millat va madaniyatlardagi odamlar bilan til topishishlari.
  6. Safarlarga doim tayyor boʻlishlari – (dastur joylari tez-tez almashib turadi).

Dasturga qabul jarayoni:

WPI Fellowship dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn arizani toʻldirishi va tavsiyanoma bera oluvchi 3 ta professional jurnalistning ismi hamda email manzilini yozib yuborishi kerak. Tavsiya beruvchilardan biri nomzodning bevosita rahbari boʻlishi zarur. Hujjatlar 2020-yilning 14-fevralidan kechiktirmay taqdim etilishi lozim. Hujjatlarni topshirish uchun link shu yerda. Saralash bosqichi natijalari may oyining boshlarida e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. 3 ta tavsiyanoma (tavsiya beruvchining ismi va email manzili).
  3. Nomzodning oxirgi ikki yil ichidagi jurnalistik materiallari.

Hujjatlar uchun qoʻyilgan talablar:

  1. Barcha namunalarning nashr qilish sanasi koʻrsatilishi kerak (soʻnggi ikki yil ichidagi ishlar qabul qilinadi).
  2. Ingliz tilida boʻlmagan barcha namunalar uchun inglizcha xulosa qoʻshish zarur.
  3. Barcha ishlarning namunalari onlayn va jamoatchilik uchun ochiq boʻlishi kerak.
  4. Ish nusxalarini, ommaviy axborot veb-saytida bevosita mavjud boʻlmasa, YouTube yoki Dropbox kabi omma uchun ochiq boʻlgan onlayn saytlardan biriga yuklanishi zarur.
  5. Agar siz davlat xizmatidan foydalana olmasangiz, ishlanmalaringizni onlayn ariza shakli orqali yuklashingiz mumkin.
  6. Fayllar faqat pdf, .txt, .rtf, .doc, .mp3 formatlarida qabul qilinadi;
  7. Fotosuratlar va boshqa ijod namunalari faqat .jpg / .jpeg, .gif yoki .pdf formatlarida boʻlishi talab etiladi.
  8. Hujjatlar uchun qoʻyilgan talablar bilan batafsil shu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlarni savol – javoblardan olishingiz va savollar bilan apply@worldpressinstitute.org manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!