×

AQSh – jurnalistlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 6 oylik stajirovka!


Grant

MUHLAT

31.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2240 marta

AQShda joylashgan Alfred Friendly Press Fellowships jurnalistlik tashkiloti rivojlanayotgan davlatlardan birining fuqarosi hisoblangan jurnalistlarni 6 oygacha bo’lgan muddatda stajirovka o’tashga taklif etadi. Stajirovka Kolumbiyadagi Missuri jurnalistik maktabi (Missouri School of Journalism) dagi 3 haftalik treyningdan boshlanadi. Stajirovka 2019-yil mart oyi o’rtalaridan sentabr boshlarigacha davom etishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturda stajirovka o’tash imkoniyatini qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan ta’minlanadi:

  • AQShga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplanadi.
  • AQShda hayot kechirish uchun yetarli bo’lgan oylik mablag’ bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod ushbu dasturga topshira oladigan davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi lozim (O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston va Qozog’iston ushbu davlatlar ro’yxatida mavjud).
  • Nomzodlar 25-35 yosh orasida bo’lishi kerak.
  • Nomzod yozma, online yoki televedeniya/radiodagi kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak (yozma va og’zaki).a

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga qatnashmoqchi bo’lganlar quyidagi hujjatlarni @presspartners.org elektron manziliga 2018-yilning 31-avgustidan kechiktirmay yuborishi kerak:

  • Ariza formasi. Ushbu forma to’liq to’dirilishi kerak. Agar javoblar uchun ariza formasidagi sahifalar yetmasa, nomzod arizaga yana bir sahifa qo’shishi mumkin.
  • Ushbu hujjatda nomzodning ta’limi, hozirgi ishi va ishda qanday vazifalarni bajarishi keltiriladi. CV 2 sahifadan oshmasligi hamda ingliz tilida, kompyuterda yozib tayyorlanishi kerak.
  • Nomzod ikkita insho yozishi kerak va bu insholar ingliz tilida, konpyuterda yozilgan hamda 400-800 so’z oralig’ida bo’lishi kerak. Insholar quyidagilar:
    1. Professional Statement. Please describe your journalistic experience, career plans and goals, and how you will work in and outside your home newsroom to share what you learn on the Press Partners program with others.
    2. Individual Fellowship Goals. Outline the specific goals you’d like to achieve if awarded an Alfred Friendly Fellowship.
  • Ikkita tavsiyanoma topshirish majburiy hisoblanadi. Uchinchi tavsiyanoma ham topshirilishi mumkin (ixtiyoriy) va bu uchunchi tavsiyanomada nomzodni yaxshi biladigan shaxs nomzodning xarakteri, iqtidori haqida yozishi mumkin. Ikkita majburiy tavsiyanoma nomzodga ko’rsatilmasdan yoziladi va tavsiyanomani yozgan shaxs tomonidan to’g’ridan-to’g’ri DAVID@PRESSPARTNERS.ORG elektron manziliga yuboriladi. Tavsiyanoma ingliz tilida yozilmagan bo’lsa, inglizcha tarjimasi ham ta’minlanishi kerak. Ushbu majburiy tavsiyanomaning birinchisi nomzod ishlayotgan jurnalistik tashkilotning muharriri, menegeri yoki tashkilot direktori tomonidan yoziladi. Ikkinchi tavsiyanoma esa nomzodning jurnalistikadagi ustozi (supervisor) tomonidan yoki nomzod bilan birga ishlagan, nomzodning qobiliyatlari bilan tanish bo’lgan shaxs tomonidan yoziladi.
  • Ish beruvchining yozma roziligi. Nomzod o’z ish beruvchisidan 6 oy davomida stajirovka o’tashga roziligi haqidagi ma’lumotnomani imzolangan holatda olishi va topshirishi kerak bo’ladi (ma’lumotnomada shakli quyida berilgan).
  • Maqolalar/jurnalistik ishlar. Nomzod o’z maqolalari/jurnalistik ishlari na’munalariga havola bershi yoki ularning nusxalarini topshirishi kerak. Ularning soni ixtiyoriy, lekin imkon qadar 4-5 ta bo’lishi tavsiya etiladi. Agar ishlar ingliz tilida bo’lmasa, ularning inglizcha tarjimasi ham berilishi kerak.
  • Bitta fotosurat. Fotosurat passport fotosurati shaklida va oxirgi 6 oy ichida olingan bo’lishi kerak.
  • Pasport nusxasi.
  • Haydovchilik guvohnomasi (agar bo’lsa. Bo’lmasa, topshirilmaydi).

Yuqorida sanab o’tilgan hujjatlarning namuna va shakklarini SHU YERDAN yuklab oling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!