×

AQSh: Jurnalistlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan rezidensiya dasturi!


Grant

MUHLAT

15.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2259 marta

1977-yilda Nobel mukofoti laureati George E. Stigler tomonidan asos solinganda The Stigler Center iqtisodiyot, davlat ishlari va qoqunchilikni o’rganish, tahlil qilish va shu mavzularni chuqurroq o’rganish maqsadidagi shaxslarga ko’mak berishni maqsad qilingan edi. Bu markaz Chikago Universitetining biznes maktabi va huquqshunoslik maktablari qoshida tashkil etilgan bo’lib, yaqinda o’z faoliyati va ijobiy ta’sir doirasini kengaytirish maqsadida The Stigler Center Residences loyihasini taqdim etdi. Bu dastur dunyoning turli qismlaridan bo’lgan jurnalistlarni to’plab, ularga biznes bo’yicha hisobot berish (business reporting) bo’yicha bilim va ko’nikmalarini oshirishga yordam beradi. Rezidensiya dasturi vaqtida qatnashchilar bir-birlari bilan fikr almashishlari, universitetni o’rganishlari va o’qituvchilar bilan tanishishlari mumkin. Undan tashqari ular turli mavzulardagi kurslarga ham qatnashishadi. Masalan, “The Firm and Non-market Environment” shunday kurslardan biri. Rezidensiya paytida taklif etiladigan kurslar biznes, huquqshunoslik va iqtisod sohalari oid va xilma-xil bo’ladi, qatnashchilar qaysi kursda qatnashishni o’zlari hal qilishadi. Dastur taxminan 12 hafta davom etadi va undagi mashg’ulotlar Markazning Hyde Park binosida bo’lib o’tadi. Dastur 2019-yilda boshlanadi.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan qatnashchilarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  1. Qatnashchilarga Chikagoga kelish va qaytib ketish uchun ekonom klassdagi aviachipta uchun pul mablag’i beriladi.
  2. Ularning viza va SEVIS xarajatlari qoplab beriladi.
  3. 12 haftalik dastur davomida ishlatish uchun 12000 AQSh dollari miqdoridagi stipendiya beriladi (va u 14%lik soliqqa tortiladi).
  4. Chikago Universitetida jahon darajasidagi biznes asoslari kursda ishtirok etish qatnashchilar uchun bepul tashkil qilib beriladi.
  5. Chicago Booth va butun universitet bo’ylab seminar va treninglarda qatnashish imkoniyati taqdim etiladi.
  6. ProMarket blogi uchun maqola tayyorlash mumkin bo’ladi.
  7. O’qish uchun maxsus tayyorlangan joy beriladi.
  8. Universitet talabalari va o’qituvchilari bilan muloqot qilish mumkin bo’ladi.
  9. Dastur so’nggida jurnalistlarga sertifikat beriladi.

Talablar:

Nomzod bir necha yillik mediya jurnalistligi tajribasiga ega bo’lishi va ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak. Dasturga qabul qilingan qatnashchilar mashg’ulotlarning barchasida qatnashishlari va uchta kursni tugatishlari kerak bo’ladi. Dastur boshlanmasidan oldin bu bo’yicha shartnoma imzolanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Agar dastur uchun hujjat topshirmoqchi bo’lsangiz, onlayn tizim orqali ariza topshirishingiz kerak bo’ladi. Ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni ilova qilish zarur:

  1. CV yoki Rezyume.
  2. Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalarni tavsiya beruvhilar mustaqil ravishda jo’natishlari mumkin. Xatlar quyidagi manzilga pochta orqali yuborilishi mumkin:

Stigler Center
University of Chicago Booth School of Business
5807 S Woodlawn Ave
Chicago, IL 60637

Yoki, elektron pochta orqali stiglercenter@chicagobooth.edu manzilga yuborilsa ham bo’ladi.

  1. Nomzod yaqinda tayyorlagan uchta ish. Bu materiallar nomzod tayyorlagan xabarlar (NEWS) bo’lishi kerak. Barcha materiallar ingliz tilida taqdim etilishi kerak. Agar original material ingliz tilida bo’lmasa, tarjimasi bilan berilishi zarur. Orignal tili inglizcha bo’lmagan materiallar uchun: agar topshirilayotgan material yozma maqola bo’lsa, uni tarjima qilib, asl nusxaga ilova qiling. Agar videolavha yoki audio (radioda berilgan bo’lsa) material topshirmoqchi bo’lsangiz, ularni fayl ko’rinishida berish va lavhaga transkripsiya ilova qilish zarur.
  2. Motivatsion xat. Motivatsion xatda qiziqishlaringiz va nega dastruda qatnashmoqchi ekanligingizni yoritib bering, dasturdan nimalarni kutayotganingizni ham qo’shib qo’ying. Xat ko’pi bilan 500 so’zdan iborat bo’lishi kerak.
  3. Qoida bo’yicha ingliz tili ona tili hisoblanmagan nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishlarini ko’rsatuvchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak. IELTS, TOEFL, SAT, ACT, Cambridge, Duolingo kabi standartlashtirilgan til testlari natijalarini ko’rsatsa ham bo’ladi. Agar davlat tili ingliz tili bolgan davlatlardan birida o’qigan yoki ishlagan bo’lsangiz yoki siz o’qigan OTM ingliz tili diplomiga teng bo’lgan diplom bergan bo’lsa yuqoridagi hujjatlarni topshirishingiz shart emas.

Eslatma: qabul jarayonida suhbatdan ham o’tiladi.

Dastur bo’yicha qo’shimcha ma’lumot olish uchun rasmiy sayt va savol-javoblarni ko’rib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!