×

AQSh: Jurnalistlar uchun bir oylik amaliyot dasturi


Grant

MUHLAT

10.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1443 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Meridian International Center  tashkiloti Markaziy Osiyolik jurnalistlarni Central Asian Journalist-in-Residence Program Fall 2019 Application dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur AQSh Davlat Departamenti tomonidan moliyalashtiriladi. Dasturning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo davlatlari jurnalistlarning professional standartlari darajasini ko`tarish orqali OAVda taqdim etiladigan axborotlarning aniq va to`g`ri bo`lishini ta`minlashdir. Grant bir oy muddatga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar shu vaqt ichida AQSh rezidenti statusida davlat OAVlari muhokamalarida ishtirok etadilar va universitetlarda tashkil etilgan treninglarda qatnashadilar. Grant Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekistonlik nomzodlarga beriladi. Dasturda kamida 1 yil ish tajribasiga ega bo`lgan nomzodlar ishtirok eta oladi.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tashkilotchilar grant yutib olgan nomzodning dasturda ishtirok etadigan bir oy davomida transport, turar joy, yashash va boshqa barcha xarajatlarini to`liq qoplaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekistonlik nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod kamida 1 yil ish tajribasiga ega bo`lishi lozim.
  3. Nomzod ingliz tilini juda yaxshi bilishi lozim.
  4. Nomzod soha bo`yicha chuqur bilim va tajribaga ega bo`lishi zarur.
  5. Nomzod Markaziy Osiyoda mustaqil jurnalistlar tarmog`ini tashkil etishi kerak.
  6. Nomzod liderlik, professional o`sishga ishtiyoq va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega bo`lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 10-maygacha qabul qilinadi. Grantga ariza onlayn tarzda topshiriladi. Ariza va barcha hujjatlar ingliz tilida bo`lishi kerak. Ariza to`ldirishda “*” bilan belgilangan hamma maydonlarga so`ralgan ma’lumotlarni yozish kerak. Jarayon quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Tashkilotchi sahifasining yuqori o`ng tarafidagi “Create an account or login” yozuvi bosiladi.
  2. Ochilgan sahifadagi “New User” qatoriga username va password yoziladi, elektron pochta manzili ko`rsatiladi.
  3. Undan keyin shaklni to`ldirish boshlanadi.
  4. Shaklning har bir sahifasi to`ldirilganda, agar saqlashni istasangiz “Save Progress”ni bosish kerak.
  5. Shaklni to`ldirish yoki tahrirlashni davom ettirish uchun tizimga qayta kirish kerak.

Grantga ariza berish bilan bog`liq savollar tug`ilganda CAJIR@meridian.org manziliga murojaat qiling.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza onlayn tarzda to`ldiriladi.
  2. Tavsiyanomani hozir ishlayotgan ishxona boshlig`i yoki avval ishlagan tashkilot rahbari imzolashi kerak.
  3. 3 ta oxirgi e’lon qilingan ish (nashr, inrervyu, reportaj va h.k.) topshiriladi.

Nomzodlar ish tajribasi, liderlik qobiliyati, tashabbuskorligi, ingliz tilini bilishi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa vaqt ichida maʼlum qilinadi.

 Bogʻlanish uchun: CAJIR@meridian.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!