×

AQSh: Jurnalistlar uchun barcha xarajatlar qoplanadigan olti oylik amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

31.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1843 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Alfred Friendly Press Partners  tashkiloti va  Missouri School of Journalism hamkorlikda jurnalistlarni General Fellowship dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur Alfred Friendly Press Partners  tomonidan moliyalashtiriladi. Dasturning asosiy maqsadi jurnalistlarning professional darajasini koʻtarishdir. Grant olti oy muddatga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar shu vaqt ichida AQSh OAVlaridagi muhokamalarda ishtirok etadilar va universitetlarda tashkil etilgan treninglarda qatnashadilar. Grantga nomzod kamida 3 yillik kasbiy tajribaga ega boʻlishi kerak. Dastur davomida nomzodlar Missouri School of Journalism maktabida kerakli bilim va tajribaga ega bo`ladilar.

Grant kimlar uchun?

25 dan 35 yoshgacha boʻlgan jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tashkilotchilar grant yutib olgan nomzodning dasturda ishtirok etadigan olti oy davomida transport, turar joy, yashash va boshqa barcha xarajatlarini toʻliq qoplaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha rivojlanayotgan davlatlardan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
  3. Nomzod ingliz tilini juda yaxshi bilishi lozim.
  4. Nomzod soha boʻyicha chuqur bilim va tajribaga ega boʻlishi zarur.
  5. Nomzod liderlik, professional oʻsishga ishtiyoq va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi. Grantga ariza shaklini toʻldirib, dedlaynga qadar koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga david@presspartners.org pochtasiga joʻnatiladi. Ariza va barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi kerak. Ariza shakli va ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati: shu yerdan yuklab oling.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. CV/resume.
  3. Esseda 2 ta boʻlim mavjud: 1. Professional Statement 2. Individual Fellowship Goals.
  4. 3 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalardan hozir ishlayotgan ishxona boshligʻi yoki avval ishlagan tashkilot rahbari/ bosh muharrir imzolashi kerak. Ikkinchisini esa ilmiy rahbar (ish oʻrgatgan ustoz) yozishi lozim. Uchinchi tavsiyanoma birga ishlagan hamkasb/doʻst tomonidan beriladi.
  5. Employer’s Endorsement. Ariza shaklining 6-betida berilgan shaklga ishxonangizning boshligʻi imzo qoʻyishi kerak.
  6. E’lon qilingan ish (nashr, inrervyu, reportaj, internetdagi onlayn maqolalar va h.k.) toʻliq ingliz tilida topshiriladi. Internetdagi ma’lumotlarga link koʻrsatiladi.
  7. Suratda yuz va elka qismi koʻrinishi kerak. Oxirgi 6 oy ichida olingan surat topshiriladi.
  8. Press Credentials. Yozilgan ishlarning chop etishga tekshiruvchi hujjat.
  9. Pasport nusxasi.
  10. Haydovchilik guvohnomasi nuxhasi (agar mavjud boʻlsa).
  11. Ingliz tili sertifikati. Aniq til bilish darajasi koʻrsatilmagan, ammo ingliz tilida erkin gaplasha olish va yoza olish kerak. Buning uchun odatda kamida IELTS 6,5 talab qilinadi.

Barcha hujjatlar tarkibi va talablar: shu yerda koʻrsatilgan.

Nomzodlar ish tajribasi, nashr ishlari, liderlik qobiliyati, tashabbuskorligi, ingliz tilini bilishi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa vaqt ichida maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: david@presspartners.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!