×

AQSh: jurnalistlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 9 haftalik dastur!


Grant

MUHLAT

16.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1812 marta

AQSH da joylashgan World Press Institute (WPI) barcha jurnalistlarni o’zining 2019-yilgi, navbatdagi World Press Institute Fellowship dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur har yili dunyo bo’ylab 10 nafar professional jurnalistni birlashtiradi va ularga 9 hafta mobaynida Amerika Qo’shma Shtatlari boshqaruvi, siyosati, biznesi, ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar axloqi va madaniyatini yaqindan o’rganish va qimmatli tajribaga ega bo’lish imkoniyatini beradi. Dastur Minnesota shtatining Minneapolis shahrida start oladi va Sent – Pol shahrida nihoyasiga yetadi. Amaliyot davomida qatnashchilar AQSHning Chikago, Nyu York, Mayyami, Ostin (Texas), San Fransisko kabi joylariga tashrif buyuradilar.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

WPI grantini yutib olgan jurnalistni quyidagilar bilan ta’minlaydi:

  • AQShga borish va kelish xarajatlari;
  • WPI dasturi bo’yicha AQSH bo’ylab barcha yo’l xarajatlari;
  • Turar joy;
  • Oziq-ovqat uchun kundalik xarajatlar.

Qatnashchilar telefon, kamera, kiyim-kechak va pochta xizmati kabi shaxsiy xarajatlarini o’zlari qoplashlari lozim.

Talablar:

  1. Nomzod 9 haftalik dastur davomida o’zidan talab etiladigan kasblariga oid barcha talablarni bajarishni zimmasiga olishi kerak. Qatnashchilarga qo’yilgan talablar bilan bu yerda
  2. Nomzod bosma nashrlar, radio yoki on-layn jurnalistika yo’nalishlarida kamida besh yil ishlaganbo’lishi kerak:
  • Gazetalarning yangiliklar yoki tahririyat bo’limlari, telegraf xizmatlar, radio, televidenie, veb-saytlar yoki onlayn nashrlar;
  • Fotojurnalistlar, karikaturachilar, sharxlovchilar va efirga uzatuvchilar;
  • 5 yillik ish tajribalari bo’lgan taqdirda OAVning jurnalistlarga rahbarlik qilayotgan hodimlari ham ariza topshirishlari mumkin.
  1. Nomzod hozirgi paytda Amerika Qo’shma Shtatlaridan tashqarida ishlaydigan AQSh fuqarosi bo’lmagan shaxs bo’lishi kerak;
  2. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak (ham og’zaki ham yozma);
  3. Nomzodda yetakchilik qobiliyati yuqori bo’lishi kerak.
  4. Universitet talabasi sifatida jurnalistika bilan bog’liq har qanday ish tajribasi deb hisoblanmaydi.
  5. Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limlarida ishlaydigan yoki ommaviy axborot vositasi bo’lmagan tashkilotlar hodimlari ariza berish huquqiga ega emaslar.

Qatnashchilarga talablar:

WPI qatnashchilari quyidagi shartlarga rioya qilishlari kerak. Ushbu shartlarning buzilishi grantning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin:

  1. Qatnashchilar Barcha brifinglar va WPI rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorlanishlari va ishtirok etishlari.
  2. Dastur yakunigacha to’liq qatnashishlari va tugaganidan so’ng o’z mamlakatlariga qaytishlari.
  3. WPI veb-saytiga maqolalar yozishlari va ularni o’zlarining o’quvchilari, tinglovchilari yoki tomoshabinlari bilan baham ko’rishlari.
  4. AQSh va xalqaro jurnalistika masalalari bo’yicha fikrlarni almashish uchun bir nechta davra suhbatlarida qatnashishlari.
  5. Turli millat va madaniyatlardagi odamlar bilan til topishishlari.
  6. Safarlarga doim tayyor bo’lishlari – (dastur joylari tez-tez almashib turadi).

Dasturga qabul jarayoni:

WPI Fellowship dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn arizani to’ldirishi va tavsiyanoma bera oluvchi 3 ta professional jurnalistning ismi hamda email manzilini yozib yuborishi kerak. Tavsiya beruvchilardan biri nomzodning bevosita rahbari bo’lishi zarur. Hujjatlar 2019-yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etilishi lozim. Hujjatlarni topshirish uchun link bu yerda. Saralash bosqichi natijalari may oyining boshlarida e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. 3 ta tavsiyanoma (tavsiya beruvchining ismi va email manzili).
  3. Nomzodning oxirgi ikki yil ichidagi jurnalistik materiallari.

Hujjatlar uchun qo’yilgan talablar:

  1. Barcha namunalarning nashr qilish sanasi ko’rsatilishi kerak (so’nggi ikki yil ichidagi ishlar qabul qilinadi);
  2. Ingliz tilida bo’lmagan barcha namunalar uchun inglizcha xulosa qo’shish zarur;
  3. Barcha ishlarning namunalari onlayn va jamoatchilik uchun ochiq bo’lishi kerak;
  4. Ish nusxalarini, ommaviy axborot veb-saytida bevosita mavjud bo’lmasa, YouTube yoki Dropbox kabi omma uchun ochiq bo’lgan onlayn saytlardan biriga yuklanishi zarur;
  5. Agar siz davlat xizmatidan foydalana olmasangiz, ishlanmalaringizni onlayn ariza shakli orqali yuklashingiz mumkin.
  6. Fayllar faqat pdf, .txt, .rtf, .doc, .mp3 formatlarida qabul qilinadi;
  7. Fotosuratlar va boshqa ijod namunalari faqat .jpg / .jpeg, .gif yoki .pdf formatlarida bo’lishi talab etiladi.
  8. Hujjatlar uchun qo’yilgan talablar bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni savol – javoblardan olishingiz va savollar bilan  apply@worldpressinstitute.org. ga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!