×

AQSh: Kent State Universityda bakalavr bosqichi uchun 31 856 AQSh dollargacha grantlar


Grant

MUHLAT

01.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1439 marta

AQShning Ogayo shtati, Kent shahrida joylashgan Kent State University (KSU) 2020-oʻquv yiliga Global Diversity Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant universitetda oʻqitiladigan bakalavr bosqichlarining 1-kursida oʻqishni xohlagan bilimli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil qilingan. Grant bir marta beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kent State University bakalavriat kurslarida kontrakt toʻlovi yiliga taxminan 19 458 AQSh dollar. Chet ellik talaba yashash, oziq-ovqat va tibbiy sugʻutra kabi barcha xarajatlar uchun bir yilga taxminan 39 152 AQSh dollar toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodga bir martalik 2 000 dan 31 856 AQSh dollargacha mablagʻ beriladi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash xarajatlarini nomzodning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat dasturlaridan biriga ariza topshirgan va 1-kursga oʻqishga kirishi kerak.
  3. Universitetda oʻqiyotgan talabalar grantga hujjat topshira olmaydi.
  4. Nomzod a’lochi boʻlishi lozim. Grant uchun GPA 4,0 dan kamida 3,0 (75 foiz ijobiy) boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  6. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi kerak.
  7. AQShda oʻqish uchun nomzodning moliyaviy ahvoli yetarli boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Oʻqish va grantga arizalar 2019-yil 1-iyunga qadar (2019-yil kuzgi semestr), 1-oktabrgacha (2020-yil bahorgi semestr) qabul qilinadi. Grantga alohida ariza topshirish lozim. Grant olishni istagan talabalar oʻqishga arizani ertaroq topshirishlari kerak.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Avvalo universitet qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlash lozim.
  2. Kurs sahifasida oʻquv fanlari, dasturlari, toʻlovlar va kerakli hujjatlar haqida maʼlumot berilgan.
  3. Shu yerda onlayn tarzda ariza toʻldirish kerak. Ariza topshirishga 70 funt-sterling badal toʻlanadi. Arizaga kerakli hijjatlar ilova qilib, joʻnatiladi.

Oʻqishga qabul uchun taxminiy hujjatlar tarkibi:

  1. Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  2. Pasport nusxasi.
  3. Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasining ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi
  4. Ingliz tili sertifikati (Odatda IELTS 6.5-7.0 va/yoki undan yuqori).
  5. Bank statement. Chunki talaba yashash xarajatlari va kontraktning qolgan qismini toʻlashga qurbi yetishi kerak.
  6. Moliyaviy ahvol haqida ma’lumotnoma.
  7. Tavsiyanoma (agar soʻralsa).
  8. Rezyume (agar soʻralsa).

Oʻqishga hujjat topshirish haqida batafsil maʼlumot: shu yerda berilgan.

Grantga ariza topshirish. Grant yutib olish uchun ariza shaklini onlayn tarzda toʻldirib, dedlaynga qadar joʻnating.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, yuqori akademik oʻzlashtirishi, sohaga tegishli bilimlari, salohiyati va kelajakdagi rejalariga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: + 1-330-672-7980

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!