×

AQSh: Kompyuter fanlari boʻyicha bakalavriat talabalari uchun Google kompaniyasida 12-14 haftalik stajirovka dasturi!


Grant

MUHLAT

13.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2123 marta

Google kompaniyasining Amerika Qoʻshma Shtatlarining Los Anjels shtatida joylashgan ofisi kompyuter fanlari sohasi talabalarini Software Engineering Intern, BS, Winter 2020 stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod Los Anjelsdagi Google ofisida Software Engineer vazifasini bajaradi. Dastur qish faslida 12-14 hafta davom etishi mumkin. Dasturning aniq sanasi tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadi. Nomzod ayni vaqtda kompyuter yoki fanlararo texnika boʻyicha bakalavr kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Kompyuter fanlari boʻyicha bakalavriat bosqichida oʻqiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarning xarajatlari toʻliq yoki qisman qoplanadi.

Oylik maosh yoki stipendiya miqdori Google’s EEO Policy va EEO is the Law ning 11246-sonli tahririga koʻra, sir saqlanadi.

Barcha ma’lumot: shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod Computer Science yoki shunga oʻxshash turdosh sohada boʻyicha bakalavriat bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod Data Structures yoki Algorithms boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
  5. Nomzod Software Development va dasturlash boʻyicha ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  6. C, C++, Java, JavaScript yoki Python dasturlarida ishlash tajribasiga ega boʻlgan nomzodlarga imtiyoz beriladi.
  7. Nomzod amaliyotdan keyin oʻqishga qaytishi maqsadga muvofiq.
  8. Nomzod soha boʻyicha tanlovlarda qatnashishi mumkin.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 13-sentabrgacha.
  2. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  3. Hujjat topshirish uchun avval Gmail saytidan account ochish kerak.
  4. Qanday qilib CV/resume toʻldirish va ariza berish haqida: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, Apply yozuvini bosib, ariza toʻldiring.
  6. “Resume Section”ga CV/Resume yuklang.
  7. “Education Section” boʻlimiga diplom va diplom ilovasi hamda ingliz tili sertifikatini yuklang.
  8. Jarayonda biror savol yoki muammo tugʻilsa: shu yerga murojaat qiling.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi (taxminiy):

  • CV/resume.
  • Shaxsiy ma’lumotlar.
  • Bakalavrda oʻqiyotganlik haqida ma’lumot soʻralishi mumkin.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Ish tajribasi.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: https://support.google.com/googlecareers/?hl=en#topic=6095159

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!