×

AQSh: Kompyuter fanlari boʻyicha postdoktorlar uchun amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1362 marta

Google kompaniyasining AQShning Kaliforniya shtati Mountain View shahrida joylashgan ofisi IT va kompyuter fanlari boʻyicha magistraturada oʻqiyotgan talabalarni Data Scientist, PhD University Graduate, 2019 Start stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod Mountain Viewdagi Google ofisida Data Scientist vazifasini bajaradi. Dastur bir yilgacha davom etishi mumkin. Dastur 2020-yil boshlanadi. Aniq sana tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadi. Nomzod kompyuter yoki fanlararo texnika (statistika, bioinformatika, biotexnologiya, kompyuter fanlari, amaliy matematika) boʻyicha PhD bosqichini tamomlagan/disertatsiya himoya qilgan boʻlishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Kompyuter fanlari boʻyicha PhD bosqichini tamomlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarning xarajatlari toʻliq yoki qisman qoplanadi.

Oylik maosh yoki stipendiya miqdori Google’s EEO Policy va EEO is the Law ning 11246-sonli tahririga koʻra, sir saqlanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod IT sohasi kompyuter yoki fanlararo texnika (statistika, bioinformatika, biotexnologiya, kompyuter fanlari, amaliy matematika) boʻyicha PhD bosqichini tamomlagan/disertatsiya himoya qilgan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod IT/kompyuter texnologiyalari boʻyicha kamida 1 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod data analysis boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi lozim
  5. Nomzod R, S-Plus, SAS da ishlash boʻyicha tajribaga ega boʻlishi lozim Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
  6. Nomzod Python kabi dasturlarda ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  7. Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  8. Python kabi dasturlarida ishlash tajribasiga ega boʻlgan nomzodlarga imtiyoz beriladi.
  9. Nomzod dastur davomida AQShda yashashini kafolatlahi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish hozir ochiq.
  2. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  3. Hujjat topshirish uchun avval Gmail saytidan account ochish kerak.
  4. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, Apply yozuvini bosib, ariza toʻldiring.
  5. “Resume Section”ga CV/Resume yuklang.
  6. “Education Section” boʻlimiga diplom va diplom ilovasi hamda ingliz tili sertifikatini yuklang.
  7. Jarayonda biror savol yoki muammo tugʻilsa: shu yerga murojaat qiling.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi (taxminiy):

  • CV/resume.
  • Shaxsiy ma’lumotlar.
  • PhD diplomi va diplom ilovasi.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Ish tajribasi.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Savollar yuzasidan: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!