×

AQSh: Magistratura bosqichi uchun grantlar


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4083 marta

AQShdagi Middlebury Institute of International Studies at Monterey (MIISM) AQShdagi xususiy OTM bo’lib, hozirda shu universitetning magistratura kurslari uchun grant dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Dasturdan maqsad MIISM magistratura kurslarida o’qishni xohlochi umidli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Hujjat topshirish muhlati: 15-may, 2018/ 1-iyun, 2018

Grant shu universitetda mavjud quyidagi magistratura kurslari uchun ajratilgan:

  • Xalqaro ta’limni boshqarish fani bo’yicha magistr
  • Xalqaro Ekologiya Siyosati bo’yicha magistr
  • Xalqaro Siyosat va Taraqqiyot sohasi bo’yicha magistr
  • Xalqaro Savdo va Iqtisodiy Diplomatiya bo’yicha magistr
  • Yadro qurollarini tarqalishini cheklash va Terrorizmni o’rganish bo’yicha magistr
  • Davlat boshqaruvi bo’yicha magistr
  • TESOL va Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha magistr
  • Tarjima, Talqin va Konferensiya tarjimonligi bo’yicha magistr
  • Tarjima va Mahalliylashtirishni boshqarish bo’yicha magistr
  • Biznes Boshqaruvi bo’yicha magistr
  • Shuningdek, bir nechta sohalarni bir vaqtda qamrab oluvchi qo’shma magistrlik kurslari.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu oliy ta’lim muassasasi magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun bir qancha turdagi grantlarni taklif etadi:

  • Middlebury Legacy Scholarships – 10 ming AQSh dollari miqdorida;
  • Middlebury Affiliation Scholarships – 5 ming AQSh dollari miqdorida.

Grantlar talabalarning iqtidoriy, erishgan akademik natijalariga qarab, shuningdek, iqtisodiy ahvoliga qarab ham ajratilishi mumkin.

Talablar:

Nomzodlar bakalavr darajasiga ega bo’lishlari va agar ona tillari ingliz tili bo’lmasa, IELTS yoki TOEFL kabi testlar sertifikatlariga ega bo’lishlari kerak. Qolgan talablar turli yo’nalishlarda turlicha bo’lib, ular bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Onlayn ariza topshirish uchun nomzodlar onlayn ro’yxatdan o’tishlari kerak. Onlayn ro’yxatdan o’tishni veb sahifaning tepadagi o’ng burchagidagi belgi orqali boshlash mumkin. Ariza topshirish va shu kabi jarayonlarni yaxshiroq tushunish uchun universitet ma’muriyatining mahsus videolaridan foydalanish mumkin, buning uchun ham avval onlayn tarzda universitetning vebsaytida ro’yxatdan o’tish zarur.
  2. Onlayn ariza formasida quyidagilar so’raladi:
    – Onlayn arizaga qo’shib topshiriladigan insholar
    – Tarjimai hol
    – Personal statement (nomzodning grantga qiziqishi va loyiq ekani sabablari ko’rsatilgan insho).
  3. Bakalavr diplomining ilovasi
  4. Ikkita tavsiyanoma
  5. IELTS yoki TOEFL sertifikatlari

Ariza topshirish uchun 65 AQSh dollari miqdoridagi to’lov ham amalga oshirilishi kerak.

Eslatmalar

  • Kuzgi semester uchun hujjatlar barcha yo’nalishlar uchun qabul qilinadi, lekin ba’zi yo’nalishlarda bahorgi semestrga qabul yo’q.
  • Grant yutish ehtimoli grantga erta hujjat topshirgan sari ortib boradi, ya’ni eng katta grantlar eng birinchi ariza topshirganlarga ajratiladi, shuning uchun grantga iloji boricha ertaroq hujjat topshirish tavsiya etiladi.
  • Kuzgi semestr uchun arizalar 2018-yil 15-maygacha qabul qilinadi, undan keyin topshirilgan arizalar ohirgi muhlati 1-iyun bo’lgan 2019-yil bahorgi semestri uchun qabul qilinadi.
  • Ingliz tilini bilish darajasini ko’rsatuvchi test natijalarining minimum ballari yo’nalishlarga qarab farq qiladi (barcha yo’nalishlar- SHU YERDA).
  • Ma’lumot uchun: 831-647-4166, info@miis.edu.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!