×

AQSH: matematika bo’yicha bakalavr kursi uchun to’liq grant, bepul turar joy va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4461 marta

AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan University of California (UCLA) oliygohi College of Mathematics maktabining 2020- yilning kuzida o’qishni boshlaydigan bakalavr bosqichidagi talabalarga UCLA Math Undergraduate Merit Scholarship grant dasturini taklif etmoqda. Dastur matematika fani bo’yicha favqulodda yuqori ilmiy salohiyatga ega bo’lgan talabalarni moliyaviy jihatdan qo’llab – quvvatlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida har yili 1 nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan. Ushbu mukofotga sazovor bo’lgan stipendiatga quyidagi imtiyozlar yaratib beriladi:

  • Talabaning kontrakt to’lovi to’liq qoplanadi.
  • Stipendiat turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Kundalik xarajatlar uchun mablag’ ajratiladi.
  • Talaba mahsus o’quv rejasi asosida o’qitilib, unga universitet professorlari tomonidan individual darslar ham o’tiladi.

Mablag’lar har o’quv yilida ajratilib, grantning quyidagi shartlari bajarilganida butun bakalavr kursi (4 yillik) davomida beriladi:

  • Talaba o’qish davrida yuqori akademik natijalar qayd etsa.
  • Matematika kurslaridan 3.5 va undan baland GPA`ga ega bo’lsa.
  • O’qish davrining oxirigacha mtematikani asosiy fan sigatida o’qisa.
  • 3-kurs oxiridagi asosiy imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tsa.
  • 4-kursda ham stipendiya ajratilishi uchun talaba oliygohning Departmental Scholars Program dasturiga hujjat topshirishi va unga qabul qilinishi kerak. Bu dastur bo’yicha tahsil olgan talabalatga kurs oxirida bam bakalavr (BS) ham magistrlik (MA) darajalari beriladi.

University of California`da ta’lim olish xarajatlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  2. Nomzod University of California (UCLA) oliygohi College of Mathematics maktabining 2020- yilning kuzida boshlanadigan bakalavr kursiga hujjat topshirgan bo’lishi/topshirishi kerak.
  3. Nomzod o’rta/o’rta mahsus ta’limga ega bo’lishi kerak.
  4. Nomzod TOEFL va SAT/ACT testlarida yuqori ko’rsatkichlarni qayd etgan bo’lishi kerak.
  5. Nomzod o’zida matematika fanidan favqulodda yuqori iqtidor namoyon etishi kerak, xususan:
  • Nomzod U.S.A. Mathematics Olympiad (USAMO), International Mathematics Olympiad yoki shu kabi xalqaro tanlovlarda eng yuqori 25 foiz natijani qayd etgan qatnashchilar ro’yxatida bo’lishi kerak.
  • Matematika fanlari bo’yicha yuqori darajali kurs ishi yoki
  • Original tadqiqot ishiga mualliflik qilgan bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Garantni yutib olish uchun nomzod avvalo 2019-yilning 30-noyabriga qadar University of California (UCLA) oliygohi College of Mathematics maktabining bakalavr kursiga hujjat topshirishi zarur. Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Arizalarni ko’rib chiqish uchun to’lov (70 AQSh dollari).
  3. Til sertifilatlari (IELTS 6.5, TOEFL iBT 80)
  4. SAT/ACT testi natijalari .
  5. Maktab attestati, kollej/litsey diplomi.
  6. Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
  7. Nomzodning moliyaviy ahvoli haqidagi hujjat (bu hujjat nomzodning biror moliyaviy yordam dasturiga muhtojligini aniqlash maqsadida so’raladi). Batafsil

Grant dasturiga arizalar 2019-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi. Dasturga hujjatlar faqat onlayn tarzda topshirilishi zarur.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Maktab attestati, kollej/litsey diplomi.
  3. Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
  4. Bayonot (Statement of Purpose).
  5. 2 ta tavsiyanoma (tavsiyanomalar tavsiya beruvchilarning o’zlari tomonidan yuborilishi zarur). Batafsil

Barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi zarur. Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlarning original tildagi nusxasi va notarial tasdiqlangan inglizcha tarjimasi talab etiladi.

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Tel: +1-(310) 825-4701

E-mail: mums@math.ucla.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!